Marat Miftaxuddinov: "Uzoq o'ylanishlardan so'ng yana "Lokomotiv"ga qaytishga qaror qildim"
16 mar 2014 22:59
Yangiliklar

Marat Miftaxuddinov: "Uzoq o'ylanishlardan so'ng yana "Lokomotiv"ga qaytishga qaror qildim"
Bungacha "Mashal" murabbiylar shtabida faoliyat yuritib kelgan Marat Miftaxuddinov endilikda Toshkentning "Lokomotiv" klubida bosh murabbiy Vadim Abramovga yaqindan yordam beradigan bo'ldi.
SHu munosobat bilan u kishidan saytimiz uchun qisqacha intervyu oldik.
- Bilasiz Vadim Karlenovich bilan o'zaro munosabatlarimiz doimo yaxshi bo'lib kelgan. Abramov qaerda bo'lmasin doim men bilan hamkorlikda ishlashni maqul ko'radi. Yaqinda u "Lokomotiv" boshqaruviga o'tganidan keyin ham meni yana birga ishlashga chorlagandi. Bu paytda "Mashal"da ishlayotganim uchun taklif borasida uzoq o'ylab ko'rdim. Yakunda esa temiryo'lchilarning taklifini qabul qildim.
- "Lokomotiv"da oldin ham ishlaganman. Klub joriy mavsum o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ymoqda. Bunday jamoada ishlash men uchun qiziqarli.
- "Mashal" klubi rahbariyati bilan gaplashib ularga vaziyatni to'g'ri tushuntirdim va kelgusi faoliyatimni Toshkentda davom ettirishimni malum qildim. Ular bilan do'stona xayrlashdik. "Mashal"da men uchun hammasi yaxshi kechayotgandi. Lekin yuqorida aytib o'tganimdek o'z oldiga ulkan vazifalarni qo'yayotgan klubda ishlashni lozim topdim. Bu qarorimni gazchilar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov ham qo'llab-quvvatladi. Bu jamoaning kelgusi faoliyatiga omad tilayman.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Fikrlar