So’nggi yangiliklar

02:13ЕЧЛ. "Қорабоғ", "Пафос" ва "Брюгге" саралашнинг сўнгги босқичидаги илк баҳсларни ўз фойдаларига ҳал қилишди  0 02:02Ла Лига. Мбаппенинг пенальтидан киритган голи "Реал Мадрид"га илк турдаги ғалабани тақдим этди  35 02:00Муҳаммад Салоҳ Англия профессионал футболчилар уюшмаси талқинига кўра АПЛнинг энг яхши футболчиси деб топилди  1 01:54Англия профессионал футболчилар уюшмаси АПЛ рамзий терма жамоасини эълон қилди  1 01:10Фарҳод Нишонов: "Вазиятлардан фойдаланганимизда ўйин сценарийси бошқача кечиши мумкин эди"   1 00:56Неъматилло Қуттибоев: "Бугунги ғалаба – қаҳрамонлик. Йигитлар ва мухлисларга раҳмат"  0 00:50Гвардиола "Сити" билан шартномасини узайтирадими? Мураббийнинг ўзи жавоб берди  1 00:25"Арсенал" Троссарднинг маошини сезиларли даражада оширмоқчи  0 23:30Эрон. "Истиқлол" илк турда "Трактор"ни мағлубиятга учратди  1 23:23Гарначо "Бавария"га йўқ деди. Футболчи "Челси"га ўтмоқчи  2 22:25"Наполи" "Жирона"дан 20 млнлик трансферни амалга оширди  0 21:45"Марсель" жанжалкашларни расман бадарға қилмоқда. Рабьога таклифлар бор  1 21:01ПФЛ Бергер тизимини бекор қилса, янги тақвимда тарихий омиллар ҳисобга олинадими?  10 20:51Моуринью мураббий сифатида ўсишига ёрдам берган футболчи ҳақида гапирди  9 20:25Мбаппе Доннарумманинг ПСЖдаги ҳолати ҳақида: "Бу оғир ва адолатсиз давр"  3

Marat Bikmaev gol urishda davom etadi! Yangiliklar

Marat Bikmaev gol urishda davom etadi!

Xabaringiz bor, kecha “Lokomotiv” Oliy Liga 11-tur uchrashuvlari doirasida “Qo'qon-1912” jamoasi mehmoni bo'ldi.

Anchagina shiddatli ruhda kechgan bellashuv 1:1 hisobidagi durang bilan nihoyasiga etdi.

Diqqatga sazovor jihati shundaki, kechagi uchrashuvda “Lokomotiv”ning yagona goliga jamoa hujumchisi Marat Bikmaev mualliflik qildi. Mazkur gol tajribali futbolchi uchun joriy yilgi chempionatimiz doirasida 11-si bo'ldi. Ayni paytda Oliy Liga to'purarlar bahsida yakka peshqadamlik qilayotgan futbolchimiz hozirga qadar o'tkazilgan 10 ta o'yinning 9 tasida raqiblari darvozasini ishg'ol etdi. Faqatgina “SHo'rtan”ga qarshi kechgan bellashuvda Marat maydonni golsiz tark etishga majbur bo'ldi.

Yana bir diqqatga sazovor jihat shundan iboratki, Marat Bikmaev hozircha “Lokomotiv” gol urgan har bir uchrashuvda o'z nomini tabloga yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'lmoqda. U 11 ta golning 4 tasini penaltidan kiritishga muvaffaq bo'ldi.



SHuningdek, “Lokomotiv” safida o'ynayotgan Jaloliddin Masharipov ham to'purarlar poygasida etakchilar qatorida bormoqda. Mahoratli futbolchi hisobida hozircha kiritilgan 5 ta gol mavjud. U shularning bittasini 11 metrli jarimadan kiritgan.

Yana bir tajribali futbolchimiz Sardor Mirzaev esa 3 bora raqiblari darvozabonlarini hafa qilishga erishdi. Murod Bobojonov hamda Ikrom Aliboev hisobida 2 tadan gol mavjud. Temur Kapadze, Islom To'xtaxo'jaev kabi o'yinchilar bu yil hozircha bir martadan o'z nomini tabloga yozidirib qo'yishga erishishdi.

Yana bir jihat “Lokomotiv” ishqibozlarini xushnud etishi turgan gap. Jamoamiz hozirda milliy chempionatimizda eng sermahsul o'yin namoyish etayotgan jamoa bo'lib turibdi. Qolaversa, eng kam gol o'tkazib yuborgan klub ham – aynan “Lokomotiv”dir. To'plar nisbati bugunga kelib 25-7 ko'rinish olgan.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика