So’nggi yangiliklar

15:10"Манчестер Сити" Эдерсонга ўринбосар топди  0 14:29"Байер" Вирцни қўйиб юбормоқчи эмас  0 14:00Али Дайининг бенефиси, Абрамовнинг охирги бекати ва "Озоди"даги ягона ғалаба. Эрон билан аввалги ўйинларда қандай натижалар қайд этилган?  19 13:50Милан Шкриньяр қишдаёқ ПСЖдан кетиши мумкин  0 13:31"Персеполис" клуби бугун Ўзбекистон - Эрон учрашувида майдонга тушадиган футболчини судга берди  0 13:13Юсупов 2400 километрни машинада босиб ўтди, Ҳиндистон клуби мусобақадан четлатилди, Тожикистон клуби 2 кун энг тинч мамлакатлардан бири Эронда қолиб кетди...  6 12:39"Ювентус"дагилар Погба клубдан кетишини тасдиқлашди  0 12:20Роналду "Ал Насср" раҳбарлари билан учрашди  4 11:58Бобоси томонидан исми ўзгартирилган, волейбол терма жамоасига чақирилган ҳамда ўзбекистонлик мутахассис кашф этган Сардор Азмун билан яқиндан танишамиз  2 11:38Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйин учун тахминий таркиби  24 11:23"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Сойибов Комроншоҳ  0 10:58"Реал Мадрид"нинг келаси ёздаги асосий трансфер мақсади маълум  2 10:27Goal нашри тен Хаг давридаги МЮнинг энг яхши трансферлар рейтингини тузиб чиқди  4 09:55Кевин де Брюйненинг навбатдаги клуби деярли маълум  2 09:29"Барселона" ҳали ҳам Левандовски трансфери бўйича еттита клубдан қазрдор  8

Marat Bikmaev bu mavsum faqat “Buxoro”ga gol ura olmadi Yangiliklar

Marat Bikmaev bu mavsum faqat “Buxoro”ga gol ura olmadi

Oliy Liganing 2017 yilgi mavsumi “Lokomotiv” jamoasi uchun xuddi bir yil avvalgi kabi juda muvaffaqiyatli keldi.

Zero “temiryo'lchilar” jamoasi bu yil o'zining chempionlik unvonini munosib himoya qila oldi va yakunda ikkinchi marta O'zbekiston chempionati oltin medallariga ega chiqdi.

“Lokomotiv”ning chempionlikni tantana qilishida esa jamoa to'purari – Marat Bikmaevning ham xissasi beqiyos bo'ldi. Zero tajribali futbolchi Oliy Liga uchrashuvlarida birin-ketin raqiblari darvozalarini ishg'ol etib, “Loko”ga muhim g'alabalarni taqdim etdi.

SHu o'rinda qayd etish joizki, Marat Bikmaev ortda qolgan mavsumda Oliy Ligada 25ta uchrashuvda maydonga tushdi va 26 marta raqib darvozabonlarini “xafa qildi”. Agar Bikmaev jarohat olib, bir nechta o'yinlarni o'tkazib yuborishga majbur bo'lmaganida, balki u 30lik dovonni ham zabt etardi ehtimol…

Marat Bikmaev 26ta golning 7tasini 11 metrli nuqtadan kiritgani diqqatga sazovordir. Yana bir fakt: Bikmaev bu yil Oliy Ligada “Buxoro”dan boshqa barcha klublarga gol urishning uddasidan chiqdi.


SHuningdek, “Lokomotiv” safida bu yil yosh hujumchi Murod Bobojonov ham o'zini ko'rsatdi. “Neftchi”dan ijaraga olingan xorazmlik futbolchi mavsum davomida Oliy Ligada 7 bor gol kiritishga muvaffaq bo'ldi.

Qolaversa, jamoamizning mohir yarim himoyachisi, markazda ham, qanotda ham birdek foydali o'ynay oladigan Sardor Mirzaev ham 7ta gol urishga erishdi.

Jaloliddin Masharipov esa 6 marta raqib darvozasini ishg'ol qildi.

Sanjar SHoahmedov va Ikrom Aliboev 4 martadan, Timur Kapadze 3 martadan muvaffaqiyat qozonishdi. Islom Tuxtaxo'jaev, Salim Mustafoev, Sadriddin Abdullaev, Aziz Amonov, Kaxi Maxaradze, Oleg Zoteev, Diyor Turopov, Salamat Qutiboev hamda Olabiran Blessing Muyiva bir martadan gol kiritishning uddasidan chiqishdi.


SHuningdek, “Loko” tomonidan kiritilgan gollardan 1tasi avtogol sifatida qayd etilib, “Qo'qon-1912”ga qarshi bahsda Murod Xolmuhammedov hisobiga yozildi.

Umumiy hisobda “Lokomotiv” 67ta gol urdi va bu borada chempionatning eng sermahsul jamoasi bo'ldi. Jamoamiz o'z darvozasidan 20ta gol o'tkazib yubordi. To'plar nisbati +47!ni tashkil etdi.

SHu o'rinda yana bir qiziq fakt: Ushbu mavsumda “Lokomotiv” darvozasini bir nafar futbolchi har ikki davrada ham ishg'ol etishning uddasidan chiqdi. Bolqonlik himoyachi Adnan Oraxovac 1-davrada “Paxtakor” safida, 2-davrada esa “Dinamo” tarkibida “Lokomotiv” darvozasi tomon yo'l topa oldi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика