Maradona: “Nega Suaresni Guantanamoga jo'natishmayapti?”
27 iyu 2014 13:09
Yangiliklar


Maradona: “Nega Suaresni Guantanamoga jo'natishmayapti?”
Argentina terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Diego Maradona, Luis Suaresni diskvalifikaciya qilgan FIFAni jiddiy tanqid qildi.
Eslatib o'tamiz, Urugvay terma jamoasi hujumchisi Luis Suares Italiya bilan uchrashuvda Jorjo Kellinini tishlab olgan va FIFA tomonidan 9 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi va 4 oy futboldan chetlatildi.
“Bu futbol. Suares kimni o'ldirdi? Nega uni Guantanamodagi qamoqqa jo'natishmayapti? Gap nohaq jazo va mafiya haqida ketyapti. Luisito biz sen bilanmiz” - deydi Maradona.
“Bu futbol. Suares kimni o'ldirdi? Nega uni Guantanamodagi qamoqqa jo'natishmayapti? Gap nohaq jazo va mafiya haqida ketyapti. Luisito biz sen bilanmiz” - deydi Maradona.

Fikrlar