So’nggi yangiliklar

02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  1 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  14 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  402 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  1 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  7 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  5 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20

Mansur Davletov: "Xorazm"ni oliy ligaga olib chiqish uchun bor kuchni ishga solamiz" Yangiliklar

Mansur Davletov: "Xorazm"ni oliy ligaga olib chiqish uchun bor kuchni ishga solamiz"

Bu yil oliy ligaga chiqishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yayotgan jamoalari orasida Xorazm ham bor.
Jamoa ayni paytda Toshkentda yig'in o'tkazmoqda. SHu asnoda bosh murabbiy Mansur Davletov bilan suhbatlashdik.

- Poytaxtdagi "Geofizika" qarorgohida yig'in olib bormoqdamiz. Mashg'ulotlar bilan bir qatorda sinov-nazorat uchrashuvlarini ham tashkil etib, futbolchilarning imkoniyatlarini ko'zdan kechiryapmiz", -  deya gap boshladi Xorazm bosh murabbiyi.

- Yig'inni Toshkentga ko'chirganimizdan keyin tarkibimizga bir qator yangi o'yinchilar keldi. Xususan, Ilyos Xayrov, Sanjar Baratov, Allayor Reimov, Nizom Norov singari futbolchilarni ayni damda sinovdan o'tkazyapmiz. Undan tashqari yaqin kunlarda asli urganchlik Temur Bekchanovning ham kelishi kutilmoqda. O'ylaymanki rasmiy bahslar boshlangunga qadar tarkibni shakllantirib, asosiy tarkib o'zagini aniqlab olamiz.

- O'tkazgan o'yinlarimizdan kelib chiqib shuni aytishim mumkinki, hali qilinishi kerak bo'lgan ishlar ko'p. Har bir chiziqda kamchiliklar bor. Ularni bartaraf etish uchun mashg'ulotlarda ishlayapmiz.

- Bu yil rahbariyat oldimizga jiddiy vazifa qo'ydi. Yani unga ko'ra joriy mavsum "Xorazm"ni kuchlilar safiga olib chiqish. Uni bajarish uchun murabbiy sifatida bor bilim va mahoratimni ishga solishga tayyorman. Hammasini mavsum ko'rsatadi.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика