"Manchester Yunayted" taxminan 250 nafar xodimini ishdan bo'shatadi. Tejalgan pul esa...
03 iyu 21:52
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" taxminan 250 nafar xodimini ishdan bo'shatadi. Tejalgan pul esa...
MYUda xodimlar soni qisqaradi.
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubida katta qisqarish bo'ladi. Klub 1100 nafar xodimidan taxminan 250 nafarini ishdan bo'shatishni rejalashtirmoqda. Klubning yangi rahbari Jim Retkliff tashabbusi bilan o'tkazilgan xarajatlar analizidan so'ng shu qarorga kelingan.
Malum qilinishicha, xodimlar qisqarishidan tejab qolingan pul asosiy jamoani kuchaytirishga sarflanadi. Yangi akciyadorlar MYUning natijalari yaxshilanishini asosiy maqsad qilib olishgan.
2023 yilning 30 iyun sanasiga ko'ra "Manchester Yunayted" klubida rasman 1112 nafar xodim faoliyat olib boradi. Bu APLning istalgan klubidan ko'proqdir.
Fikrlar