"Manchester Yunayted" "Leypcig" himoyachisini nishonga oldi
18 noy 2023 13:07
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" "Leypcig" himoyachisini nishonga oldi
"Qizil iblislar" skautlari Kastello Lyukebani kuzatib borishmoqda.
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi Germaniyaning "Leypcig" jamoasi markaziy himoyachisi Kastello Lyukebaga qiziqish bildirmoqda, deb xabar berdi "Bild".
"Qizil iblislar" skautlari anchadan buyon 20 yoshli franciyalik futbolchining o'yinlarini kuzatib borishmoqda. Biroq bu transferni amalga oshirish qiyin bo'lishi mumkin, chunki Lyukeba shu yozda Angliyaning "Manchester Siti" klubiga jo'nab ketgan Yoshko Gvardiola o'rniga Franciyaning "Lion"idan "Leypcig"ga o'tgandi. Lyukeba bilan kelishuv 2028 yilgacha mo'ljallangan.
Kastello Lyukeba joriy mavsum "Leypcig" safida 16 ta o'yinda ishtirok etib, 1 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar