"Manchester Yunayted" himoyachisi Kongo DR terma jamoasida o'ynashi mumkin
24 noy 2023 18:23
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" himoyachisi Kongo DR terma jamoasida o'ynashi mumkin
Aaron Uan-Bissaka Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etish ehtimoli bor.
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi himoyachisi Aaron Uan-Bissaka Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasida o'ynash uchun taklif oldi, deb xabar bermoqda "The Athletic" jurnalisti Devid Ornshteyn.
Xabar qilinishicha, 25 yoshli Uan-Bissaka hali bir qarorga kelmagan, ammo bu imkoniyatni ko'rib chiqmoqda. Agar u rozi bo'lsa, 13 yanvardan 11 fevralga qadar bo'lib o'tadigan Afrika Millatlar Kubogi-2024da ishtirok etishi mumkin bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Aaron Uan-Bissa 2015 yili Kongo DR U-20 terma jamoasida 1 ta o'yin o'tkazgan. Ushbu o'rtoqlik uchrashuvida kongoliklar Angliya U-17 terma jamoasiga 0:8 hisobida imkoniyatni boy berishgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar