So’nggi yangiliklar

09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  1 08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  1 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0 07:44Криштиану Роналду яна бир совринга эга чиқди  1 01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  6 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  6 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  8 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  64 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  9 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  46

"Manchester Yunayted" APLning yangi mavsumini g'alaba bilan boshladi Yangiliklar

"Manchester Yunayted" APLning yangi mavsumini g'alaba bilan boshladi

"Manchester Yunayted" - "Tottenxem" uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib borishingiz mumkin.

Manchester Yunayted – Tottenxem 1:0

Gol: Uoker 22 (avt).
8 avgust, 16.45, Old Trafford 
Manchester Yunayted – Romero, SHou, Darmian (Valensiya 80, Smolling, Blind, Depay (Errera), Kerrik (Bastian SHvaynshtayger 60), Yang, SHnayderlin, Mata, Runi.
Zaxira: Jonston, , Makneyr, Pereyra, CHicharito.
Tottenxem – Vorm, Vertongen, Devis, Alderveyreld, Dayer (Alli 77), Eriksen, Bentaleb (Meyson 53), Dembele, SHadli, Uoker, Keyn.
Zaxira: Loris, Tripper, Vimmer, Kerrol, Lamela.

Ogohlantirishlar: Vertonger 27, SHvaynshtayger 69, Erik Dayer 75, Mata 90.



90+4. APLning bu mavsumdagi birinchi uchrashuvi yakunlandi.


90+1. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.


90. Sariq kartochka. Mata.


88. Romero! Uchrashuvning so'nggi daqiqalarida MYU darvozaboni o'zini ko'rsatdi va jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi.


80. O'zgarish. Darmian o'rniga Antonio Valensiya.


77. O'zgarish. Dayer o'rniga Alli.


76. Runining jarima zarbasi noaniq.


75. Sariq kartochka. Erik Dayer o'z jarima maydonchasi yonida qoida buzdi.


75. Bastian SHvaynshtayger maydonga tushganidan so'ng MYU ishonchliroq o'yin ko'rsatyapti.


69. Sariq kartochka. Bastian raqib hujumini to'xtatib qoldi.


68. O'zgarish. Depay o'rniga Errera.


60. O'zgarish. Kerrik o'rniga Bastian SHvaynshtayger.


58. Eriksenning jarima zarbasidan oshirib bergan to'pi hech kimga tegmay Romeroning qo'liga borib tushdi.


53. O'zgarish. Bentaleb o'rniga Meyson.


53. "Tottenxem"ning kombinacion hujumini yakunlaydigan futbolchi topilmadi. Juda chiroyli hujum bo'ldi.


49. Depay uzoq masofadan zarba berdi, ammo noaniq.

                                        

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.


                                               TANAFFUS


45+1. So'nggi soniyalarda "Tottenxem" futbolchisi MYU darvozasiga zarba berdi, ammo Romero bu safar yaxshi o'ynadi. 


43. "Tottenxem" hujumga o'tishga harakat qilmoqda, ammo MYU jamoaviy o'yin ko'rsatib, to'pni ko'proq o'zida saqlab turibdi.


35. MATAAAA!!!! Xuan Mataning chap oyoqdagi birinchi zarbasini raqib himoyachisi qaytardi, ikkinichi zarba esa noaniq bo'ldi.



29. Mata jarima zarbasini amalga oshirdi, ammo to'p jonli devorga tegdi va hujum yo'qqa chiqdi.


28. MYUda gol urish uchun qulay standart. Depay jarima zarbasini amalga oshirishi mumkin.


26. ESHLI YANG! Memfis Depay chap qanotda ochilib borayotgan Yangga to'pni oshirdi, ammo Eshli to'pni o'zida ushlab qoldi va qulay imkoniyat qo'ldan boy berildi.


22. GOOOOLLLLLLL!!!! MYU oldinga chiqib oldi. Runi darvoza qarshisida to'pni to'xtatib oldi, orqadan kelayotgan Uoker to'pni tepib yuborish o'rniga o'z darvozasini nishonga oldi.


17. ROMEROOO!!!! "Tottenxem" futbolchisi birga-bir vaziyatda to'pga biroz kech qoldi, Serxio Romero xavfni bartaraf etdi.


16. Serxio Romero himoyachiga to'pni oshiraman deb, xatoga yo'l qo'ydi. To'p maydonni tark etdi.




12. Mavsumning birinchi burchak to'pini "Totenxem" o'yinga kiritdi, ammo muvaffaqiyatsiz.


10. Garri Keyn ilk daqiqalardan mahoratini ko'rsatishga harakat qilmoqda, ammo hozircha uning omadi kelayotgani yo'q. Muxlislar o'rindig'ida MYUning uch darvozaboni futbol tomosha qilyapti: Viktor Valdes, David de Xea, Andres Lindegor.


5. ZARBAAA!!!! Keynning ajoyib to'p oshirishidan so'ng Kristian Eriksen Romero bilan birga-bir qoldi. "SHporlar" futbolchisi to'pni darvozabon ustidan tashlashga harakat qildi, ammo zarba biroz noaniq chiqdi.


1. Uchrashuv boshlandi. Premer-ligaga xush kelibsiz!

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика