So’nggi yangiliklar

16:02Про лига. "ФарДУ" "Жайхун" билан баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  1 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0 14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  4 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  5 13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0 12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0 12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   21 11:55Ўзбекистон аёллар терма жамоаси 16 сентябрдан йиғинга киришади  0 11:28"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади  0 10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  6

"Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" 0:3. O'yin tugadi Yangiliklar

"Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" 0:3. O'yin tugadi

APL doirasidagi "Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" bahsini mana shu erda kuzatib borish mumkin.

                             MATNLI TRANSLYACIYA
                                        YANGILASH

90+3` O'yin tugadi! "Siti" "Old Trafford"da yirik hisobda g'alaba qozondi!

90` O'yin taqdiri hal bo'lganiga ko'p bo'lgandi. Bu gol MYU ishqibozlarini stadionni ertaroq tark etishiga sabab bo'ldi.

90` GOOOOOOOOOOOOOL! Yaya Ture! 0:3! Yaya Ture o'zining kuchli zarbasi bilan De Xea darvozasiga uchinchi golni kiritmoqda.

89` Mataning jarimadan tepgan zarbasi ham mezbonlarga samara keltirmadi.

86` Bugun "Siti" tarkibida yaxshi o'yin ko'rsatgan futbolchilar ko'plab topiladi. Lekin mezbonlar tarkibida bunday futbolchini topish muammo.

84` "Siti" muxlislari g'alabani stadionda tantana qilishni boshlab yuborishgan.

81` Runining jarimadan yo'llagan zarbasini Xart bartaraf etdi.

79` Jeko maydonni tark etmoqda. Qolgan daqiqalarda Negredo o'yinni davom ettiradi.

77` Moyes yana o'zgarish qildi. Uelbek o'rniga Ernandez maydonga tushirildi.

76` MYU futbolchilariga hamjihatlik etishmayapti.

74` "Siti"da o'zgarish. Nasri maydonni tark etdi. Milner endi o'yinni davom ettiradi.

72` Uelbek!!!! Xart!!!!! MYUning nihoyat ajoyib hujumi. Raffael  qanotdan Uelbek tomon to'pni etkazib berdi. MYU hujumchisi Del pero uslubida to'pni darvozaga joylab qo'ymoqchi bo'ldi. Lekin Xart bu vaziyatda  jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi.

70` Uelbek fursat topib Xart darvozasiga zarba yo'lladi. Ammo uning zarbasi "Siti" posboniga ortiqcha qiyinchilik tug'dirmadi.

69` "Siti"da ham o'zgarish. Navas o'rniga Xavi Garsiya maydonga tushdi.

69` Birinchi bo'limga golli vaziyatni yo'qqa chiqargan Fellayni  maydonni tark etdi.

67` Fellayni maydonni tark etdi. Valensiya qolgan daqiqalarda maydonda uning o'rnida harakat qiladi.

65` Ochig'ini aytish kerak, MYU "Siti" darvozasi oldida hech qanday vaziyat yarata olmayapti. Hozircha bunga kuchi etmayapti. Raqib ham anoyi jamoalardan emasligi aniq.

61` "Manchester Yunayted" jamoasi Moyes qo'li ostida "Old Trafford"da g'alaba haqida emas, qanday qilib mag'lubiyatga uchramaslik to'g'risida ko'proq bosh qotiradigan bo'lib qoldi.

58` "Yunayted" bu mavsumda o'z uyida begonalardek harakat qilmoqda. Moyes mag'lubiyatdan chiqib ketish yo'llarini topa olarmikin? Qiziq. Kuzatamiz.

56` GOOOOOOOOOOOOL! Jeko! 0:2! "Siti" burchak to'pi tepdi. Jarima maydonchasi ichiga kelgan to'pni Edin oyoqlari bilan chiroyli tarzda MYU darvozasiga joylab qo'ydi. "Siti" g'alaba sari yana bir qadam tashladi.

54` Moyes shogirdlari hisobni tenglashtirish uchun harakat qilishmoqda. Ammo "shaharliklar" himoyasi bugun ishonchli himoyalanmoqda.

49` Ikkinchi taym birinchisidek hujumlar bilan boshlanmadi. Jamoalar hozircha vaziyat poylashmoqda.

47` Kleverli o'rniga Kagava maydonga tushirildi.

46` Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Silva "Yunayted" himoyasini ancha ter to'kishga majbur etmoqda


45+3` Hakam jamoalarni tanaffusga chorladi!

45` Birinchi bo'limga 3 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

44` MYU burchak to'pi tepdi. Lekin yana Xart xavfni bartaraf etdi. Moyes jamoasi hisobni tenglashtirishga  harakat qilmoqda.

40` "Yunayted" futbolchilarining raqib jarima maydonchasiga etkazib berayotgan to'piga Xart egalik qilmoqda. Moyes jamoasida so'nggi zarbani yo'llaydigan futbolchi topilmayapti.

38` O'yin tempi biroz pasaydi. MYU futbolchilari asta-sekin oldinga intilishmoqda.

30` Fellayni bugun faqat zarar keltirmoqchi chog'i! Raqibiga nisbatan qo'pol harakati uchun sariq kartochka ko'rsatildi bu futbolchiga.

"Siti" futbolchilari quvonchi

Silva va Jeko MYU darvozasini tezkorlik bilan o'qqa tutgan futbolchilar


25` Moyesning transferi - Fellayni! Ushbu futbolchi hozir juda qulay imkoniyatni ko'kka sovurmoqda. Fellayni jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qilib oldi va darvoza tomon zarba berdi. Xart bu vaziyatda ortiqcha qiyinchiliksiz to'pni ushlab oldi. Hisobni tenglashtirish uchun yaxshi vaziyat yuzaga kelgandi-ya!

22` Mezbonlar vaziyatni o'nglashga harakat qilishmoqda. Runi nihoyat Xart darvozasi tomon ilk zarbani amalga oshirdi. Xart o'z o'rnida.

20` O'yin qizigandan qizimoqda. "Siti" hujumlar yomg'irini to'xtatmoqchi emas. MYU himoyasi bugun yurib o'ynayotgandek. Hozir "Yunayted" ham xavfliroq hujum tashkil etdi. Ammo ularni bu hujumlari yakuniga etmay qoldi. Hozircha Xart ishsiz. De Xea esa o'z jamoasini bir nechta gollardan qutqarib qolmoqda.

17` Hakam Sabaleta to'pni tepayotganda Uelbek unga qarshi juda qo'pol harakat qildi deb hisobladi va uni ogohlantirdi.

13` Vensan Kompani hakam tomonidan ogohlantirish oldi.

12` "Siti" futbolchilari raqibga kuchli bosim uyushtirishda davom etishmoqda. MYU esa hozircha hujum nimaligini unutib qo'yishgan.

O'tkazib yuborilgan tezkor golga Moyesning munosabati


7` Eslatib o'tamiz, ushbu bahs "Sport" kanali orqali to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatilmoqda.

3` "Manchester Siti" o'yinni juda faollik bilan boshladi. "SHaharliklar" hujumlar yomg'irini "Yunayted" darvozasi oldida yog'dirib tashlashdi. Devid Moyes jamoasi himoyachilari voqelar rivojini kuzatisholmay ham qolishdi.

1` GOOOOOOOOOOOOOOL! Jeko! 0:1! Ajoyib start! Mehmonlarning tezkor hujumi gol bilan yakunlandi. Ketma-ket zarbalardan so'ng, Edin Jeko De Xea darvozasini ishg'ol etdi. 

1` Uchrashuv boshlandi! Manchester "derbi"siga start berildi!

Stadion futbolga shay

-Angliya chempionati muxlislari uchun haqiqiy futbol bayrami boshlanmoqda.

"Old Trafford"ga muxlislar tashrifi davom etmoqda


Bu o'yindan matnli onlayn translyaciyani "Championat.asia" saytida o'qib borishingiz mumkin. Xizmatingizda SHahboz Beg'amov bo'ladi.

Uchrashuv boshlanishiga sanoqli daqiqalar qolmoqda.

- O'yin soat 00:45da boshlanadi.

"Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" 0:3 (0:1)

"Old Trafford" stadioni.

Hakamlar:
Maykl Oliver, Styurat Bert, Darren Inglend.

Gollar: Jeko (1, 56), Yaya Ture (90).

"Manchester Yunayted": De Xea, Raffael, Jons, Evra, Kerrik, Ferdinand, Kleverli (Kagava, 46), Fellayni (Valensiya, 67), Mata, Runi, Uelbek (Ernandez, 77).

"Manchester Siti":
Xart, Sabaleta, Kompani, Demichelis, Yaya Ture, Klishi, Fernandino, Nasri (Milner, 74), Navas (X.Garsiya, 69), Silva, Jeko (Negredo, 79).

Ogohlantirish: Kompani (13), Uelbek (17), Fellayni (30), Fernandino (45).


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика