"Manchester Siti"ga "Barselona" yarim himoyachisi kerak
03 iyu 2023 14:54
Yangiliklar
"Manchester Siti"ga "Barselona" yarim himoyachisi kerak
"Manchester Siti" Frenki de Yong transferiga qiziqmoqda.
"The Sun"ning xabar berishicha, "shaharliklar" ustozi Xosep Gvardiola 26 yoshli futbolchini Ilkay Gyundoganga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Niderlandiyalikning asosiy nuqtasi — markaziy yarim himoya, lekin u shuningdek, tayanch zonada ham to'p tepa oladi.
De Yong "Barselona"ga "Ayaks"dan 2019 yilda 86 million evro evaziga ko'chib o'tgandi. O'tgan mavsum u "ko'k-anorranglilar" safida 43 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 4 ta golli uzatma etkazib bergan. Transfermarkt futbolchi narxini 75 million evro deb baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
08:46
"Agar ochkolarni yo'qotsak, hamma narsa tugaydi". Gvardiola - "Vest Xem"ga qarshi o'yin haqida 3
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar