"Manchester Siti" top-8 chempionatlar ichida eng ko'p daromad ko'rgan klub bo'ldi
13 jan 2023 23:50
Yangiliklar
"Manchester Siti" top-8 chempionatlar ichida eng ko'p daromad ko'rgan klub bo'ldi
KPMG auditorlik kompaniyasining Football Benchmark nomli bo'linmasi Evropa klublarining 2021-2022 yilgi moliyaviy hisobotlarini elon qildi. Unga ko'ra "Manchester Siti" klubining tushumi 731 mln evro bilan eng yuqori natijani ko'rsatgan. Ikkinchi o'rinda "Real Madrid" (714 mln evro), keyingi o'rinda esa PSJ (670 mln evro) klubi qayd etilgan.
Ushbu summa o'z ichiga uch xil tushumni olgan: savdo, translyaciya va o'yinlarni o'tkizishdan kelgan mablag'lar.
To'liq ro'yxat quyidagicha:
1. "Manchester Siti" (731 mln evro)
2. "Real" (714)
3. PSJ (670)
4. "Bavariya" (627)
5. "Milan" (269)
6. "Ayaks" (189)
7. "Portu" (144)
8. "Trabzonspor" (59)
PSJ klubi o'tgan mavsumda 728 mln evroni maoshlarga sarflab, futbol tarixidagi eng katta natijani qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar