"Manchester Siti" - "Sautgempton" 4:1
05 apr 2014 18:04
Yangiliklar


"Manchester Siti" - "Sautgempton" 4:1
Angliya Permer-ligaci 33-tur doirasidagi "Manchester Siti" - "Sutgempton" uchrashuvi matnli translyaciyasi bilan ushbu sahifa orqali tanishib borishingiz mumkin.
YANGILASHO'yinni siz uchun Abror Qodirov sharhlab bordi. Etibor uchun tashakkur. Adios!)
O'yin nihoyasiga etdi! Siti yana 3 ochkoga ega bo'ldi. Agar qoldirilgan o'yinlarini g'alaba bilan yakunlasa, turnir jadvalida peshqadamga aylanib oladi.
93. Piiiiip! Piiiiip! Piiiiiip! Final xushtagi yangradi.
92. Nasri vaqt o'tishi uchun to'pni maydon chetiga olib borib, himoyachilar bilan maydalashib yuribdi. Vaqt o'tsa bo'ldi-da.
91. O'yinga 3 daqiqa qo'shib berildi
89. Siti to'pni o'zida ushlab turibdi. Vaqt o'tib boryapti.
87. Haa, birinchi bo'limdagi Sautgemptonga ko'p ham o'xshamayapti ikkinchi bo'limdagisi...
85. Sitining yana bir hujumi. To'pni bir qanotdan ikkinchisiga uzatib, himoyachilarni obdon gangitib olganlaridan so'ng, to'pni markazroqqa, Turega oshirishdi. Yayaning zarbasi esa darvoza ustuniga tegdi!
80. GOOOOOOOOL! Yovetich! O'zining APLdagi ikkinchi golini kirityapti Stevan. 4:1. Navas o'ng qanotdan oldinga borib, to'pni erlatib jarima maydoni ichigna yo'lladi. Yovetich uchun 3 metrdan gol urish qiyinmas.
77. Yaya Ture artistlik mahorati ustida hali ancha ishlashi kerak. Jarima maydoni ichida yiqilishi bilan hakamni ham, boshqalarni ham qoida buzilganiga ishontira olmadi. Sariq kartochkangizni qabul qilib oling, Yaya janoblari.
75. Agar "Etihad" stadioni tribunasida bo'lganimda men ham hozir qarsaklarni ayamasdim. Silva almashtirilmoqda. Uning o'rniga Yovetich.
73. Sautgemptonning ikkinchi bo'limdagi kam sonli xavfli hujumlaridan biri. Lallana Labertni to'p bilan taminladi. O'tkir burchakdan Zarba Bergan Rikki 7 metrlik darvozaning sakkizinchi metriga to'pni yo'lladi. Hisob o'zarmadi.
71. Negredo! Qanday qilib bunday vaziyatdan foydalana olmaslik mumkin?...
70. Sutgempton tarkibidagi Angliya terma jamoasi azolari yaqqol ko'zga tashlanib turishibdi. Bekorga Roy Xojson ularni termaga chaqirmayotganini isbotlayapti. SHou ham, Lambert, Lallana ham...
67. Lallana katta tezlikda qarshi hujumga o'tib ketayotgan bir vaqtda Garsiya uni juda qo'pol o'ynab to'xtatib qoldi. Haqli ravishda sariq kartochkasini ham oldi.
64. Jeko o'rniga Negredo maydonga tushirildi.
60. Sautgempton qisqa paslar bilan chiroyli hujum tashkil qilib, burchak to'pi ishladi. Biroq Sitining bahaybat himoyachilariga havodagi to'pni qaytarish qiyinchilik tug'dirmadi.
58. Ohohouu...! Hisob hozir yiriklashib ketishi hech gap emasdi. "Sehrgar" Silva zargarona to'p uzatishini amalga oshirib, Jekoni darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqardi. Jekoning zarbasi darvozabonning o'ziga borib qoldi.
55. Manchesterliklarning yana bir hujumi. Nasri to'pni Kolarovga, zarba yo'llash uchun qulay qilib tashlab berdi. 18 metrlardan berilgan zarbaga himoyachilar qalqon bo'ldi.
54. Yaya Ture katta tezlikda oldinga bordi. Himoyachilarni ko'rdim demay ortda qoldirib ketdi. Jarima maydoniga kirib borganida esa 11 metrlik jarima ilinjida yiqildi. Kris Foy bu safar penalti bermadi. To'g'ri ham qildi.
50. Lyuk SHou nima uchun ikki yildan beri Manchester Yunayted unga qiziqish bildirayotganini namoyish etib beryapti bugun ham. Xesus Navasga hech qanday imkon bermayapti. Navasga qanot himoyasida shou uyushtirib beryapti SHou.
48. Sitining yana bir hujumi David Silva tomonidan tashkil qilinmoqda. Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi hozir ajoyib sport formasida ekanini yana bir bor ko'rsatib beryapti. Birinchi bo'limning shubhasiz eng yaxshi futbolchisi.
47. Tarkiblarda o'zgarish yo'q.
46. Matn yuqorisidagi "yangilash" tugmasini bosib turishni unutmang ).
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
Birinchi bo'lim haqida qisqacha. To'pga egalik qilish borasida Sautgempton sezilarli darajada ustunlikka ega bo'ldi. Biroq buning uchun futbolda ochko berilmaydi. "SHaxarliklar" esa ko'proq xafli vaziyatlar yaratdi va deyarli yarmini golga aylantirdi. Penaltilar borasida hakam har ikki vaziyatda ham to'g'ri qarorga kelganiga shubha qilmayman. Takroriy vaziyatlar bunga isbot. Biroq, Nasrining goli kiritilgan vaziyat esa bahsli. Jeko to'pni Silvaga uzatganida o'yindan tashqari holatda edi. Yon hakam buni ko'rmadi. Balki to'p himoyachiga tegib keyin Davidga bordi deb o'ylagandir... Kim bilsin. Nima bo'lganda ham qaror noto'g'ri edi.
Birinchi bo'lim nihoyasiga etdi.
45+1. GOOOOOOL! JEKO! Hakam bo'lim yakunlanganini malum qiluvchi xushtagini chalishga chog'langan edi hamki, Jeko hisobni 3:1 ko'rinishiga olib keldi.
45. Jeko, Silva hamda Nasri kombinaciyasi juda chiroyli chiqdi. Ispan yarim himoyachisi pasidan keyin francuz futbolchisi hisobni o'zgartirdi.
45. GOOOOOOOOOOL! Bo'lim so'ngida Nasri hisobda mezbonlarni oldinga olib chiqdi!
44. Fernandino to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.
42. Lallanaaa...! Yo'q. Bu urinish ham bartaraf etildi Xart tomonidan.
38. Sautgempton hisobni tenglashtirishga munosib edi. Pachettino jamoasi chempionlik uchun eng asosiy davogarlardan biri bilan tengma teng kurashyapti. Hatto kuchliroqdek ham ko'rinyapti.
37. RIKKI LAMBERT! GOOOOOOL! 1:1
36. PENALTI. SITI darvozasi tomon!
33. Sitining pozicion hujumi uzoq davom etdi. Bir necha zarbalar himoyachilarga tegib qaytdi. Ohir oqibat Yaya Ture yiqitildi. Jarima to'pinidan keyin Jeko bosh bilan kuchli zarb berdi va to'p darvoza to'siniga tegdi. Xavfliii!
31. Navaaas! O'yinda ilb bora ko'rinish bergan Xesusning zarbasi o'xshamadi. Ancha noaniq.
30. Mehmonlar Sitidan hech ham hayiqayotgani yo'q. Hisobdan boshqa barcha jihatlarda ustunlikka ega.
27. Endi Lallanaga qarshi qo'pollik ishlatildi. Lambert jarimadan xavfli zarba yo'lladi. Biroz noaniq.
24. Agar jarohat jiddiy bo'lsa bu nafaqat Sautgempton, balki Angliya terma jamoasi uchun ham katta yo'qotish. SHundoq ham jarohatlar sabab inglizlar termasining bir necha azolari JCH-2014ga bora olmasligi malum bo'lib ulgurgan.
23. Jey o'yinni davom ettira olmasa kerak. Mavsumning eng muhim pallasida jamoasining eng asosiy futbolchilaridan biri shu tarzda jarohatlanishi alamli. Uning sog'ligi haqidagi xabarlarni kutamiz.
22. Jey Rodriges havodagi to'pni to'xtatish jarayonida erga juda noqulay tarzda tushdi va jiddiy jarohatlandi... qarash ham og'ir unga hozir.
18. Sautgempton to'pga egalik qilib turish bo'yichakatta uchsunlikka ega bo'lib turibdi va ko'proq pozicion hujumlar uyushtiryapti. Biroq hozircha darvozaga xavf sola olayotganicha yo'q. Siti tezkor qarshi hujumlarga etiborini qaratyapti.
16. Kolarovga qarshi qo'pol o'ynaldi. David Silva jarimadan to'pni jamoadoshlariga etkazib berdi. Bosh bilan berilgan zarba aniq chiqmadi.
15. Lallanada yaxshi imkoniyat bor edi. Biroq to'pni to'xtatishni uddalay olmadi. Aks holda himoyachilar unga halal berib qololmasdi.
09. Sautgempton hujum uyushtirib, ikki bor burchak to'pi tepdi. Biroq aniq va xavfli zarba bo'lmadi.
04. Yaya Ture ushbu mavsumda APL doirasidagi 18-golini kiritdi! O'N SAKKIZINCHI! U tayanch yarim himoyachisi! Fantastik natija!
03. GOOOOOOL! Yaya TURE! 1:0
03. Vux! O'yinning dastlabki daqiqalaridayoq PENALTI!
02. "Man Siti" hujumi. PENALTTI!
01. Hakam xushtagini ushbu o'yinda ilk bor tingladik. Demak, o'yin boshlandi!
"Etihad" deb nomlangan maydonda APLning 33-turi dastlabki o'yini boshlanish arafasida! Biz translaciyani boshlaymiz. Assalomu alaykum!
"Manchester Siti" - "Sautgempton" 0:0
"Manchester Siti": Jo Xart, Sabaleta, Demichelis, Kompani, Kolarov, Yaya Ture, Silva, Navas, Fernandino, Nasri, Jeko.
"Sautgempton": Gassaniga, SHou, Fonte, Lovren, Kork, SHnayderlin, Lallana, S. Devis, CHembers, Jey Rodriges, Lambert.

Fikrlar