"Manchester Siti" Sakaga ko'z tikdi
07 iyu 2022 21:36
Yangiliklar
"Manchester Siti" Sakaga ko'z tikdi
"SHaharliklar" "Arsenal" vingeri Bukayo Sakaga qiziqish bildirishmoqda.
20 yoshli Saka ushbu mavsumda "Arsenal"ning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'lib, Premer-ligada 11 ta gol urdi va 7 ta golli pas uzatdi.
Daily Mail xabariga ko'ra, "Siti" Sakaning shartnoma bilan bog'liq holatini diqqat bilan kuzatib bormoqda va Bukayoni kelajakdagi transfer maqsadi sifatida ko'rmoqda.
"Siti" bu yozda Saka uchun kurashga kirishishi dargumon, ammo Bukayo "Arsenal" bilan yangi shartnoma tuza olmasa, "shaharliklar" keyingi transfer oynalaridan birida bundan unumli foydalanib qolishga urinadi.
Sakaga "Liverpul" ham davogar, ammo ayni dam "qizillar"ning ustuvor vazifasi boshqa poziciyalarni mustahkamlash.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar