"Manchester Siti" posboni La Ligaga yo'l olishi mumkin
23 mar 19:01
Yangiliklar


"Manchester Siti" posboni La Ligaga yo'l olishi mumkin
Madridning "Atletiko" klubi "Manchester Siti"ning germaniyalik darvozaboni Shtefan Orteganing xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, futbolchi doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lmagani uchun "shaharliklar"ni tark etmoqchi. Ingliz jamoasining birinchi raqamli futbolchisi braziliyalik Ederson hisoblanadi. "Atletiko"ning Ortega uchun kurashiga "Bavariya" raqobatchilik qilishga tayyor. Ammo, futbolchi Madridga ko'chib o'tishga moyil.
Shtefan Ortega joriy mavsum "Manchester Siti" safida 16 ta o'yin o'tkazdi. Ularda u 22 ta gol o'tkazib yubordi va to'rtta "quruq" o'yin qayd etdi. Transfermarkt portali futbolchini 9 mln evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar