So’nggi yangiliklar

02:11ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк баҳсида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади  1 01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  4 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  1 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  10 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  6 23:40Суперлига. "Шўртан" – "Навбаҳор" 3:3  0 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  21 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  3 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  9 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  3 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  72 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  5

"Manchester Siti" Falkaoni sotib oladimi? Kunning besh mish-mish transferi Yangiliklar

"Manchester Siti" Falkaoni sotib oladimi? Kunning besh mish-mish transferi

Transfer bozoridagi voqealarni kuzatishda davom etamiz va etiboringizga kunning beshta mish-mish transferini taqdim etamiz.
Falkao uchun Yovetichni sotish

"Monako" klubi rahbariyati barchani kolumbiyalik futbolchi Radamel Falkaoni sotmaslikka ishontirgandek bo'lgandi. Ammo unday emas! Futbolchi uchun paydo bo'lgan yangi qiziqish Falkaoni oyoqqa turishga majbur qildi va u haqida yangidan-yangi mish-mishlar paydo bo'ldi. Kechagina "Monako" klubi Falkaoni sotish uchun inkor qilib bo'lmaydigan taklif olishdi degan malumotlar internet tarmog'ida tarqaldi.Futbolchiga "Manchester Siti" sovchi ekan. Agar "shaharliklar" futbolchini sotib olishmoqchi bo'lishsa, UEFAning moliyaviy feyr pley qoidasiga rioya qilishiga to'g'ri keladi. Bu vaziyatdan chiqib ketish uchun "Manchester Siti" futbolchini sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchi.



Bu vaziyatdan yana bir chiqish yo'li, Stefan Yovetichni "Yuventus"ga sotish. Ammo "Real"ni bu kurashdan chiqdi deb bo'lmaydi, chunki madridliklar prezidenti Florentino Peres Falkaoning agenti bilan uchrashdi. Ammo bu uchrashuvda kolumbiyalik futbolchi taqdiri haqida gap ketganmikan? Bu agent Anxel di Mariyaga ham ishlaydi.
Agar "Monako"ning Di Mariyaga qiziqishi afsona bo'lmasa, bu futbolchilarni ayirboshlash ikkala jamoa uchun foydali bo'lishi mumkin.

Ibragimovich "Yuventus" haqida orzu qilyapti


Ko'pincha mish-mishlarning manbasi bo'lib futbolchilarning yaqin kishilari hizmat qiladi. Gap Zlatan Ibragimovichga "Malme"da o'ynagan paytlari murabbiylik qilgan Stefan Xansson haqida ketyapti. Bu mutaxassisning so'zlariga ko'ra, Ibra bu  yoki keyingi yil "Yuventus"ga qaytishni orzu qilyapti.


 
SHveciyalik superforvard turinliklar safida ikkita chempionlik sovrinini qo'lga kiritgan. Aynan mana shu yutuqlar kelishilgan o'yinlar tufayli bekor qilingan. To'g'ri "Keksa sinora"ning barcha muxlislari ham uni iliq kutib olmasligi mumkin, chunki Zlatan jamoa B seriyaga tushib ketganda klubni tark etgan. O'shanda jamoada Janluiji Buffon, Alessandro Del Pero, Jorjo Kellini va David Trezegelar qolishgan va ular o'z klublarini yana "A" seriyaga qaytarishgan.

Simeonega SHyurrle kerak

"CHelsi" mavsumlar oralig'ida Diego Kosta, Felipe Lusni xarid qildi va Tibo Kurtuani ortga qaytarib "Atletiko"ni deyarli bo'm-bo'sh qilib qo'ydi. Endi esa Ispaniya chempionlari Londonga yurish qilishmoqchi. Ularning asosiy maqsadi - hujumchi Andre SHyurrle. Bir necha hafta oldin bu haqida juda yomon hazillar paydo bo'ldi va shu bilan yo'q bo'lib ketganday edi. Ammo britan matbuoti yana shu mavzuda so'z ochdi va quyidagi iborani qo'llaganday bo'ldi: "Tutunsiz olov bo'lmaydi".

Jahon chempionatida o'zini ko'rsatgan Andre SHyurlle bilan shaxsan Diego Simeone qiziqib qoldi. Agar nemis futbolchisi chap qanot hujumida harakat qilishini hisobga olsak, "Atletiko" o'z yulduzlaridan biri Arda Turanni sotishiga to'g'ri keladi.



Defur vataniga qaytadi

Belgiyalik Stiven Defur "Portu"ni tark etishi ancha oldin malum edi. Savol futbolchining yangi ish joyi haqida. Defur uchun asosiy davogar PSV hisoblanayotgan edi, ammo gollandlar "ajdarxolar" talab qilayotgan 8 million evroni to'lashga tayyor emas. "Portu" futbolchini ijaraga olmoqchi bo'lgan "Standart"ga hamm rad javobini berdi. Endi futbolchiga "Anderlext" qiziqib qolgan. Defur ikki bora "Portu" bilan Portugaliya chempioniga aylangan, ammo so'nggi mavsumda uni ikkinchi tarkib futbolchisiga aylantirib qo'yishdi. Futbolchi Portugaliya chempionatining 16 uchrashuvida maydonga tushdi va ularning 13 tasida asosiy tarkibda bo'lgan. O'tgan mavsumdagi yagona golini esa kubok musoboqasida urgan. Defur JCH-2014da Koreyaga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushdi va o'yinning 44 daqiqasida qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Bundan keyin esa u bir marta ham maydonga tushgani yo'q.

Destro Ikardini almashtiradi

"Inter" Mauro Ikardining narxini belgiladi. O'tgan mavsumda 9 ta gol urgan 21 yoshlik futbolchining bahosi 30 million evro. Demak, u "Sampdoriya"dan Milanga ko'chib o'tganidan bir yil keyin, uning narxi 6 barobar oshibdi! Ikardiga "Monako" qiziqish bildirgan. Agar hujumchi milanliklar safini tark etsa, uning o'rnini "Roma" futbolchisi Mattia Destro to'ldirishi mumkin. Destro o'tgan mavsumda poytaxtliklar safida 13 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.


xorij saytlari asosida Jasur Aslanov tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика