Manba: Vegorst bir hafta ichida "Manchester Yunayted"ga o'tadi
12 jan 2023 14:34
Yangiliklar
Manba: Vegorst bir hafta ichida "Manchester Yunayted"ga o'tadi
"Byornli" va "Beshiktosh" bilan kelishib olindi.
30 yoshli Vaut Vegorst tez orada "Manchester Yunayted"ga kelib qo'shiladi.
"Foot Mercato" jurnalisti Santi Aunaning xabar berishicha, mankunianlar "Byornli" va "Beshiktosh" bilan ijaraning barcha shartlarini kelishib oldilar. Niderlandiyalik futbolchi bir hafta ichida "Yunayted" ixtiyoriga etib boradi.
Avvalroq hujumchini "Byornli"dan ijaraga olgan turk klubi uni Vensan Abubakar kelguniga qadar qo'yib yubormasligi haqida xabar berilgandi.
Vegorst Turkiya chempionatining 16 ta uchrashuvida 8 ta to'p kiritdi va 4 ta golli uzatmani qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar