So’nggi yangiliklar

16:13Дракслер етакчилигидаги "Ал Аҳли" Андижонда!  3 15:55Ўзбекистон футбол ассоциацияси Эрон терма жамоаси собиқ устозига жиддий қизиқмоқда  11 15:20"Валенсия" Винисиус ҳақидаги ҳужжатли фильм туфайли Netflix'ни судга берди  5 14:57ФИФА ЖЧ-2026 саралашида иштирок этаётган терма жамоага техник мағлубият ёзди  0 14:30Кападзе ФИФА кунларида терма жамоа бошқарувида бўлади  14 14:02Ротация режалаштирилган. "Реал" "Қайрат"га қарши ўйинда майдонга тушириши мумкин бўлган футболчилар маълум  8 13:39"Милан" ва "Интер" "Сан Сиро"ни бузади  0 13:17"Машъал" "Бухоро" билан ўйиндан олдин 2 нафар йўқотишга эга  3 12:57Аҳрор Рисқуллаев Суперлигада юбилей ўйинини бошқарди  4 12:34Уругвайнинг асосий футболчилари Ўзбекистонга қарши баҳсни ўтказиб юбориши мумкин  3 11:45"Насаф" "Ал Ҳилол"га кичик ҳисобда мағлуб бўлган учрашувдан галерея  5 11:20Игорь Сергеев: "Илк дақиқалардан вақт чўзиш ҳолати кузатилди, муҳими ғалаба қозондик"   0 10:48"Арсенал" асосий футболчиси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 10:22Клопп Осиё жамоасини бошқариши мумкин  1 09:55Хави МЮни бошқаришга рози  8

Manba: “Sokker klub” ko'rsatuvi tufayli Imomxo'jaevlar “Sport” kanalidan chetlashtirilgan Yangiliklar

Manba: “Sokker klub” ko'rsatuvi tufayli Imomxo'jaevlar “Sport” kanalidan chetlashtirilgan

Teglar :  Sport TV
So'nggi kunlarda “Sport” telekanali xodimlaridan bir nechtasi o'z vazifasidan ozod etilgani haqida mish-mishlar yuribdi.

Norasmiy manbalarning malum qilishicha, ular orasida sharhlovchilar Zafar va Diyor Imomxo'jaev nomlari ham bor.

Yangi yilga sanoqli kunlar qolganida “Sport” telekanali direktor va direktor o'rinbosarisiz qolgandi. Lavozimga tayinlanganiga bir yildan oshmagan bir vaqtda kanal direktori Alisher Hoshimov, qo'shimchasiga uning o'rinbosari Zohir Toshxo'jaev ishdan olingandi. Yangi yildan keyin esa ular safiga yuqorida nomlari keltirib o'tilgan sharhlovchilar ham qo'shilgan.

Ayni kunlarda 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda. Uning sharhlarida Zafar va Diyor Imomxo'jaev ishtirok etmayotgani ham mish-mishlarning asosli ekanidan dalolat beradi. Davron Fayziev Qatarda bo'lib turgani va Dohaning o'zidan reportaj qilinmayotganligini inobatga oladigan bo'lsak, asosiy yuk Dilshodbek To'xtabekov, Murod Rizaev, Eldor Mustafoev kabi sharhlovchilarga tushgan. Yordam tariqasida Hasan Turdialiev hamda Norbek Niyozov ishga jalb qilingan.

Zafar Imomxo'jaev shu kunga qadar “Translyaciya” studiyasi bosh muharriri sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi. Endilikda uning muallifligida 10 yildan buyon efir yuzini ko'rib kelayotgan “Futbol sharhi” ko'rsatuvi ham to'xtaydi. “Sport” telekanalida oliy liga o'yinlarini yoritib boradigan, terma jamoalar ishtirokidagi o'yinlar tahlili va umuman o'zbek futbolidagi o'zgarishlar haqida malumot beruvchi boshqa ko'rsatuv yo'q.

Diyor Imomxo'jaev muallifligidagi “Sokker klub” ko'rsatuvi ham endilikda efirga uzatilmaydi. So'nggi bor 1 dekabr kuni ko'rinish bergan “Sokker klub” norasmiy manbalarga ko'ra, kanaldagi o'zgarishlarga asosiy sabab sifatida ko'rsatilmoqda. SHarhlovchining o'zi ijtimoiy tarmoqlarda unga berilayotgan savollarga hozircha javob qaytarayotgani yo'q.

Kun.uz muharriri tomonidan berilgan savolga javob qaytarishni istamagan Diyor Imomxo'jaev, balki keyinroq bu haqda malum qilishini aytib o'tgan.


Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика