So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   3 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  15 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  10 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  171 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  55 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  10 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

Mana senga olam-olam gul... Yangiliklar

Mana senga olam-olam gul...

Bugun "Barselona" yutdi, bo'lib ham asosiy raqibini mag'lub etdi.

Superkubokda "Real"dan uchralgan mag'lubiyat, Kubokda "Atletik Bilbao"ga boy berilgan o'yin... Bir qarashda "Barsa" haliyam yangi murabbiyga moslashish davrini kechirayotgandek edi. Lekin bugun Madridning "Atletiko"sini mag'lub etish kataloniyaliklar uchun katta qadam bo'ldi.

O'yinni "Barsa" ko'tarinki ruhda o'tkazdi. Ayniqsa Adama Traoreni aytmaysizmi, xuddi anchadan beri birga o'ynab yurgandek bir zumda jamoaga qo'shilib ketdi. Bugungi o'yin nimasi bilan muhim edi? Birinchi navbatda jamoalarning turnir jadvalida egallab turgan o'rni bilan. O'yingacha "Atletiko" 36 bilan 4, "Barselona" 35 ochko bilan 5-o'rinda edi. 

Bugun qo'lga kiritilgan g'alaba "Barsa"ga ochkolari sonini 38taga etkazish bilan birga 4-o'ringa ko'tarilib olish imkonini berdi. Endilikda "Barsa" uchinchi o'rindagi "Betis"dan 2 ochko, birinchi o'rindagi "Real"dan 12 ochko ortda qolyapti. 

"Atletiko"ga qarshi bahs keskin kurashlarga boy bo'ldi. Garchi mehmonlar hisobni ochgan bo'lsa-da, "Barsa" o'zini yo'qotib qo'ymadi va birinchi taymda 3ta gol bilan javob berdi. Ikkinchi taym boshlarida Dani Alvesh 4-golni urdi. Lekin uning bir ishi chatoq bo'ldi: 69-daqiqada Karraskoni bexosdan tepgani uchun qizil kartochka olib chetlatildi. 

SHunga qaramay, "Barsa" qolgan 20 daqiqada o'z darvozasidan boshqa gol o'tkazmadi. Yani oldingi o'yinlarda bo'lgani kabi himoyada "mandraj" yuzaga kelmadi. "Atletiko" esa umuman o'ziga o'xshamadi. Tajovuzkor o'yinni xush ko'ruvchi "matraschilar" Xavi tuzayotgan jamoaga qarshi deyarli hech narsa qilishmadi. 

O'yinning kulminacion nuqtasi 10-daqiqada ro'y berdi. Jordi Alba juda chiroyli zarba yo'llab hisobni tenglashtirdi. Bu golni qayta-qayta ko'rsangiz arziydi. Agar shu gol bo'lmaganida balki "Barselona" qiynalib qolarmidi.

Xullas, "Barsa" yutdi va endi jamoa muxlislari bemalol ertalabgacha "Mana senga olam-olam gul, etagingga siqqanicha ol" qo'shig'ini kuylab yotishsa arziydi. Keyingi turni "Barselona" 13 fevraldan 14 fevralga o'tar kechasi soat 01:00da "Espanol"ga qarshi o'tkazadi. Bizni oldinda Kataloniya derbisi kutmoqda. 

Barsa Bloger.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика