So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  0 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Mamur Ikromov: “Lokomotiv”ning taklifini rad etish mumkin emasdi” Yangiliklar

Mamur Ikromov: “Lokomotiv”ning taklifini rad etish mumkin emasdi”

14 fevral kuni Mamur Ikromov “Lokomotiv” bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi.
“Metallurg” sharafini 2008 yidan beri munosib ravishda himoya qilib kelayotgan darvozabonning “Lokomotiv”dan taklif olganidan xabardor edik. Ammo muzokaralar qanday yakunlanishini kutayotgandik. O'z navbatida Ikromov ham “Lokomotiv”dan tushgan taklif haqida hech kimga aytmay turishimizni so'ragandi. Endi bo'lsa, u rasman temiryo'lchilar azosiga aylandi. 

- Ochig'ini aytganda, “Lokomotiv” azosiga aylanishingizni kutmagandim. CHunki doimgidek “Metallurg” bilan shug'ullanayotgandingiz. Birdaniga vaziyat bunday tus olishi sizni ham shoshirib qo'ydimi?

- Menga bunday taklif tushganidan keyin xursand bo'ldim. Nazarimda, har qanday o'yinchiga “Lokomotiv”dan chaqiruv bo'lsa uni mamnuniyat bilan qabul qiladi. Bu klubning maqsadi hamisha oliy. SHu sababdan “Loko”ning taklifini hech qanday ikkilanishlarsiz qabul qildim. Hech kimga sir emaski, “Metallurg”dagi maqsadlarimiz jiddiy emasdi. Asosan 7- 8-o'rinlar uchun kurashib kelardik.

- Ushbu taklifni birinchi bor kimdan eshitdingiz?
- “Bunyodkor”ga qarshi o'rtoqlik uchrashuviga “Lokomotiv”ning rahbarlari ham kelishdi va ular o'yindan keyin meni rasman o'z klubiga taklif qilishdi. Hammasi bir kunda hal bo'ldi. Voqealar rivoji bunday tus olishini kutmagandim. Albatta, buning asosiy sababi Ignatiy Nesterovning jarohat olgani bilan bog'liq. Natijada klub tezkorlik bilan yangi darvozabon qidirishga tushdi. Mening variantimda to'xtashganidan mamnun bo'ldim. O'z navbatida Ignatiyga tezroq sog'ayib ketishini tilayman.

- Sizning “Metallurg”dan ketishingizga Rustam Mirsodiqovning munosabati qanday bo'ldi?

- Rustam aka bundan xursand bo'ldi. U o'z jamoasidagi futbolchisining etakchi klubga borib yordam berishidan xursand ekanligini aytdi. Ustozim ham qo'limdan kelganicha “Lokomotiv”ga yordam berishimni va bizni uyaltirib qo'ymagin deya omad tiladi. Menga bildirilayotgan ishonchni oqlash uchun qo'limdan kelganicha harakat qilaman.

- “Lokomotiv” rahbarlari bilan muzokara jarayonida sizga manzur bo'lgan jihat nimada bo'ldi?
- Ular menga taklif bilan chiqishgach, boshqa narsalar haqida ortiqcha o'ylab o'tirmasdan darhol rozilik berdim. Bu klub O'zbekiston chempionligi va Kubogi uchun asosiy davogarlardan biri. Osiyo CHempionlar ligasida ishtirok etishi ham bu taklifga o'ylanmasdan rozilik berishimni undadi.

- Yana “Metallurg”da qolishga tayyorgarlik ko'rayotganmidingiz?
- Mavsum tugaganidan so'ng o'zimni boshqa jamoada sinab ko'rish hayoliga berilgandim. CHunki etti yil bitta klub safida to'p surganim bois muhitni almashtirishga qarshi emasdim. Ammo vaziyat bunchalik o'zgarib ketishini o'ylamagandim. CHunki chempionat ham tobora yaqinlashib borayotgandi va aksariyat jamoalar o'z darvozabonlariga ega bo'lib borayotgandi. SHuning uchun yana “Metallurg”da qolsam kerak deb o'ylashni boshlagandim. “Lokomotiv” o'z nomi bilan “Lokomotiv”. Bu jamoa “Neftchi”, “SHo'rtan” yoki “Buxoro” emas. Bunday taklifni rad eta olmasdim.

- Siz faoliyatingizda hali hech nima yutmagansiz. “Loko”ga o'tish orqali nimanidir qo'lga kiritish imkoniyatiga ega bo'lyapsiz. “Metallurg”da esa baribir hech nimani yuta olmasdingiz. Endi bo'lsa xohish va istaklaringiz ham boshqacha bo'layotgandir?

- Bo'lmasam-chi! Oliy ligada o'ynashni boshlaganimdan beri nimadir yutishni orzu qilardim. Endi men uchun bunday imkoniyat yana bir qadam oshdi. Hozirgi yoshimda bunday taklif doim ham bo'lavermasdi. Mening niyatim O'zbekiston chempioni va Kubogini qo'lga kiritish.

- 2004 va 2005 yili “Lokomotiv” sharafini himoya qilgansiz. 2007 yilning ikkinchi davrasini ham ushbu klubda o'tkazgach, keyin “Metallurg”ga ketgandingiz. Oradan etti yil o'tib yana “Loko”ga qaytdingiz...

- Buning men uchun o'xshashliklari sezilyapti. Oradan etti yil o'tgach yana “Lokomotiv”ga qaytdim. Boya maqsadlarimni aytib o'tdim. Qolaversa, Osiyo CHempionlar ligasida ham munosib ishtirok etib, jamoamga yordam bermoqchiman. O'ylayotgan orzularim sari bir qadam tashlaganimdan xursandman. Qachonlardir Osiyo maydonlarida o'ynarmikinman, deya o'ylardim. Bunday imkoniyatga ega bo'layotganimdan juda ham quvonchdaman. Hali Osiyo CHempionlar ligasida qatnashmaganman va uning muhitini his qilmaganman.   

- “Lokomotiv”da sizdan tashqari Sardor Qobuljonov bilan Sarvar Karimov bor. Birinchi raqamli posbon bo'lishga qanchalik ishonyapsiz?

- Kim kuchli bo'lsa o'sha o'ynaydi. Jamoa mashg'ulotlariga qo'shilganimdan keyin taassurotlarimni aytaman. Hozir esa hamkasblarim xususida etarlicha fikr bildira olmayman. Lekin ularni yosh va umidli darvozabonlar deb o'ylayman.
 
- Nesterov jarohat olmaganida hammasi o'sha-o'shaligicha qolgan bo'lardi...

- Bir tomondan xursandman, ikkinchi tomondan esa xafaman. Nesterov mening kasbdoshim. Jarohat har bir futbolchi bilan yuz berishi mumkin. Ikki yil oldin men ham jarohatlanganman. Ignatiyni tezroq sog'ayishini istayman. Milliy terma jamoamiz darvozabonining o'ynay olmasligidan xafa bo'ldim.

- U bilan yaqindan tanishmisiz?
- Ha. Lekin birga to'p surmaganman. SHunga qaramasdan, bir-birimizni bilamiz. 2002 yili terma jamoa tarkibida birga bo'lgandik. Ozarbayjonga o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish uchun borganimizda men ikkinchi darvozabon bo'lgandim. 

- Nesterovning jarohatga yo'liqishidan keyin “Lokomotiv” uning o'rniga kimni taklif qilarkin, deya o'ylaganmidingiz?
- Ha, o'yladim. Legioner darvozabonni olib kelishsa kerak deb taxmin qilgandim. Ammo keyin bilsam, o'zbekistonlik darvozabonni qidirishayotgan ekan. O'shanda meni taklif qilishini hayolimdan o'tkazgandim. Bunday jamoaga o'tgandan so'ng 100 foiz kuchimni beraman va bor mahoratimni maydonda qoldiraman. Nazarimda, ikkinchi emas, uchinchi yoshligimni boshimdan kechiraman shekilli.


FIRDAVSXON suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика