Maktomini yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin
21 mar 2023 19:25
Yangiliklar
Maktomini yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin
"Manchester Yunayted" futbolchisi Skott Maktomini yozda "Nyukasl"ga o'tishi mumkin.
"The Telegraph" xabariga ko'ra, "Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xau mankunianliklar tayanch yarim himoyachisining sifatlari orqali jamoasi kuchayishiga ishonmoqda. Klub skauti Stiv Nikson hamda sport direktori Den Eshuort ham jamoa ustozini qo'llab-quvvatlamoqda. O'z navbatida Maktominining o'zi ham "Nyukasl"ning muvaffaqiyatli rivojidan mamnun bo'lgan.
Ammo "Yunayted" futbolchilarini ECHLga chiqish uchun raqobat qilayotgan jamoalarga sotish niyatida emas. Agarda klub yozda markaziy yarim himoyachi sotib olish niyatida bo'lsa, Maktominining ketish ehtimoli ham yo'q emas.
Ushbu mavsumda Maktomini APLning 18 o'yinida maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar