So’nggi yangiliklar

14:02"Қизилқум" — "Андижон". Таркиблар маълум  0 13:32Про лига. "Арал" — "Локомотив" ва "Олимпик Mobiuz" — "Жайхун" ўйини учун таркиблар маълум  2 13:05"Машъал" 17 йилдан кейин Қаршида "Насаф"дан 3 очко тортиб олди  6 12:43"Динамо" 11 йилдан сўнг Тошкентда "Бунёдкор"ни мағлуб этди  0 12:15"Челси" "Ювентус" ҳужумчисини нишонга олди  2 12:07Ратиньо кейинги мавсум учун режаси ва йил давомида энг ноқулай бўлган футболчи кимлигини айтди  3 11:50"Пахтакор" "Қўқон-1912"ни мағлуб эта олмаган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  2 11:28Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди  61 11:05"Насаф" катта устунликка эга бўлиб, "Машъал"га мағлуб бўлган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  3 10:41Эрлинг Холанд офсайдлар ҳақида фикр билдирди  6 10:12Антуан Гризманн Лионель Мессининг Ла Лигадаги рекордини янгилади  0 09:43Роналду кечаги ғалабадан сўнг қисқа фикр билдирди  16 09:20Суперлига. "Насаф" – "Машъал" 1:2  5 09:15Sofascore. Ўсмирлар терма жамоамизнинг биринчи тур қаҳрамони энг паст баҳога лойиқ кўрилди  3 08:47"Динамо" Тошкентда "Бунёдкор"ни мағлуб этган баҳсдан ФОТОГАЛEРEЯ  0

Maksim SHackix: "Ramazon oyida o'yinlarni kechroq boshlash kerak. Bu futbolchilarga qulaylik yaratadi" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Ramazon oyida o'yinlarni kechroq boshlash kerak. Bu futbolchilarga qulaylik yaratadi"

Coca Cola Superliganing 4-turi doirasidagi "Metallurg" - "Paxtakor" bahsidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Maksim SHackix matbuot anjumanida qatnashdi.


O'yin haqida

- Birinchi navbatda, sizlar, yani OAV vakillari orqali o'yinlarning vaqti borasida bir taklifimni bildirmoqchiman. Hozir hamma tushunadiki, 95% futbolchilar ro'za tutishmoqda. Jurnalistlar orqali o'yinlar vaqtini kechroq boshlash borasidagi taklifimni etkazmoqchiman. Ramazon oyida o'yinlarni kechroq boshlash kerak. Bu futbolchilarga qulaylik yaratadi. Yigitlar ertalab soat 4 dan beri ovqat eyishmaydi va tanaffus vaqtida suv ham icha olishmaydi. Bunday yuklama olgan sportchilarning tanasiga qanday yuk tushishini o'ylab ko'ring. SHunining uchun, o'yinlar vaqtini belgilaydigan insonlarga bu narsani etkazish niyatidaman. Buni nimadir qilish kerak, ramazon oyi bir oy davom etadiga xolos. Yigitlar robot emas, ular tirik inson. SHuning uchun, o'yinlar vaqtini belgilashda bu narsani hisobga olish kerak. Uchrashuvga kelsak, yaxshi o'yin ko'rsatdik, vaziyatlar yaratlik. Bugun haqli g'alabaga erishdik. Maydon holati ham yomon edi. Bundan tashqari, har safar terma jamoa o'yinlaridan keyin qiyin uchrashuv o'tkazamiz, bizda barcha yosh toifalaridagi termalarda o'ynaydigan o'yinchilar talaygina. SHu sabab ham, ularni chempionatga qayta moslashtirish biroz qiyin bo'ldi.

- SHerzod Azamov qachon safga qaytadi? Sardor Rashidovga kam o'yin amaliyoti berilayotgani haqida ham gapirsangiz...

- Rashidov kam o'ynamayapti. Men oldinga o'yinda aytganimdek, Sardor jismoniy holatini tiklab olishi kerak. Bizda har xil taktikalar va har xil futbolchilar bor. Bugungi taktikamizda Sardorga joy topish qiyin bo'ldi. Umuman olganda, u jang qilishga tayyor. Keyingi o'yinda ko'ramiz. Bizda asosiy tarkib, zaxira o'yinchisi degan gap yo'q. Bizda hamma asosiy. Har o'yinda rotaciya amalga oshirilmoqda. Azamovga kelsak, biz birinchi davra oxirigacha uning qaytishiga ishonmoqdamiz. Hammasi reja bo'yicha ketmoqda. SHerzodni tezroq tiklanishi istaymiz, ammo barchasi aniq reja va grafik asosida ketmoqda. SHu sabab ham, biz bu jarayonga aralashib, uni tezroq maydonga qaytara olmaymiz. Birinchi davra oxirlarida u maydonga qaytishiga ishonmoqdaman. 

- CHempionlik uchun kurashayotgan jamoa murabbiyi sifatida bir yarim oydan beri jamoani to'liq yig'a olmadingiz. Bu masalaga qanday fikr bildira olasiz?

- Bu futbol hayoti. Jamoada terma jamoa futbolchilarining ko'p bo'lishi quvontiradi, albatta. Terma jamoadagi o'yin futbolchilarga qo'shimcha yuklama beradi, ammo biz aynan shuning uchun ham futbol o'ynaymiz. Asosiy maqsadimiz ham milliy terma jamoaning Jahon chempionatiga chiqishi. Biz xursandmiz, ammo klub murabbiyi sifatida yigitlar doim yonimizda bo'lishsa, bizga osonroq bo'ladi. Parvozlar, qo'shimcha o'yinlar va boshqa sharoitga ko'nikish albatta o'z tasirini o'tkazadi. Bizning murabbiy sifatidagi vazifamiz shu holatlardan so'ng paydo bo'ladigan charchoq va noqulaylikni iloji boricha kamaytirish. Qaytaraman, bu narsa juda yaxshi. Biribir, barcha futbolchining asosiy maqsadi bu terma jamoalar va futbolda jiddiy maqsadlarga erishish. 

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика