So’nggi yangiliklar

02:24Италия кубоги. "Милан" "Лечче"га қарши учрашувда навбатдаги ишончли ғалабасини қайд этди  0 02:20Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Леванте"ни йирик ҳисобда таслим этди  10 02:10Англия лига кубоги. "Ливерпуль" ва "Челси" ўз учрашувларида ғалаба қозониб, кейинги босқичга йўл олишди  1 00:55Расман: Гави жароҳат туфайли узоқ муддатга сафдан чиқди  3 00:30Кейн Англияга қайтмишни режалаштирмаяпти  2 23:54"Барселона"га "Камп Ноу"да ўйнашга рухсат беришмади. Стадионда хавфсизлик билан боғлиқ муаммолар мавжуд бўлиши мумкин  1 22:52Ўзбекистон U-16 терма жамоаси ўртоқлик учрашувида Венгрияга ютқазди  2 22:27Биринчи лига. "Локомотив"лардан 5тадан гол, Бухоро дербисида талабалар ғолиб ва бошқа натижалар  0 22:03Неймар "Олтин тўп" натижалари ҳақида: "Рафиньянинг 5-ўринда туриши - шунчаки масхарабозлик"  12 21:35U-21 биринчилиги. Пешқадамлардан дуранглар, Фарғонада 4:4 ва бошқа натижалар  0 20:54Лапорта "Реал"нинг "Олтин тўп"ни бойкот қилиши ҳақида: "Спортда ютқазишни ҳам билиш керак"  46 20:25FIFA клубларни қўллаб-қувватлаш дастурини эълон қилди. Суперлига клублари қанча пул ишлаб олади?  2 20:00Аморим: "Моуринью – португалиялик энг яхши мураббий"  0 19:38"Насаф" – "Ал Ҳилол" учрашуви чипталари қачон сотувга чиқади?  7 19:13"France Football" бош муҳаррири: "Дембеле "Олтин тўп" учун сўровномада катта устунлик билан ғалабага эришди"  7

Maksim SHackix: “O'zbekistonga qaytish... avval taklif tushsinchi” Yangiliklar

Maksim SHackix: “O'zbekistonga qaytish... avval taklif tushsinchi”

O'zbek futboli tarixida o'ziga yarasha va aytish mumkinki, yaxshigina iz qoldirishda davom etayotgan Maksim SHackix hali faoliya­tini yakunlash haqida o'ylamayapti.
To'g'ri, 20 yoshu 11 oy 19 kunligida terma jamoadagi debyutini nishonlagan Supermaks o'tgan yili Ummonga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng  asosiy etiborini klubdagi ishlariga qaratyapti. Yakunlan mavsumni Ukrainaning “Goverla” klubida o'tkazgan kenja SHackix ayni payt oilasi davrasida hordiq chiqaryapti. Haqiqatan ham, Maksim terma jamoadagi o'yinlari bilan muxlislarimizga olam-olam quvonch bag'ishlagan. U terma jamoamiz safidagi ilk uchrashuvidayoq “xet-trik”ka erishgan yagona futbolchi hisoblanadi. Bitta o'yinda 5ta gol urgan yagona futbolchi ham aynan SHackixdir. Bosh jamoa libosida raqiblar darvozasini ko'p ishg'ol qilish bo'yicha rekord ham shu Maksimga tegishli - 34ta gol. Biz bo'lajak futbol mavsumiga yangi umidlar bilan qarab, hozirda hordiq chiqarayotgan goleador bilan bog'lanib, qisqa va lo'nda eksklyuziv intervyu oldik.

- Maksim, salom. Kayfiyatlar qanday?

- Hammasi joyida. Tatildan unumli foydalanib, charchoq yozyapman.

- Yangi mavsum uchun qanday rejalar tuzyapsiz?

- Hozircha hech qanday. Bor etiborimni dam olishga qaratyapman.

- Lekin hali futbolchilik faoliyatingizni yakunlash haqida o'ylamayapsiz, shundaymi?

- Albatta. Futbol maydonida qiladigan ishlarim ko'p (kuladi). Gap bir yil haqida ketmayapti. Futbolchilik faoliyatimni imkon qadar uzaytirishdan umidvorman.

- O'tgan mavsum xulosalari qanday bo'ldi?

- “Goverla” 12-o'rinni egalladi. To'g'ri, bu ijobiy natija emas. Lekin jamoaning hozirgi holatidan kelib chiqib aytganda, chidasa bo'ladigan ko'rsatkich. O'zimga kelsak, mavsum davomida barcha o'yinlarda maydonga tushmadim, ammo 3ta gol urishni uddaladim.

- Klubning futbolchilardan qarzlari hamon saqlanib turibdi, chog'i?

- Ha, lekin bu mavzu yuzasidan chuqurlashishni istamayman.

- Ukraina saytlari bu masalani juda ko'p ko'tarishdi. Harqalay, “Goverla” futbolchilar bilan hali to'liq hisob-kitob qilmagan ekan...

- To'g'ri. Haqiqatan ham, bu haqda juda ko'p yozishdi.

- Faoliyatingizni yakunlash haqida o'ylamayotgan ekansiz, demak, takliflar bordir...?

- Albatta, chorlovlar etarli. Faqat, hozir ular xususida batafsil to'xtalishdan mano yo'q.

- O'zbekiston chempionatida 1-2 yil o'ynash niyatingiz yo'qmi?

- Masalan, qaysi jamoada?

- “Lokomotiv”, “Nasaf”, balki “Paxtakor”...

- Hozircha bu klublardan taklif tushgani yo'q.

- Agar chaqirishsa, rozilik berarmidingiz?

- Avval chaqirishsin, keyin bu haqda o'ylab ko'raman.

- O'zi O'zbekiston chempionati o'yinlarini kuzatib boryapsizmi?

- Har doim ham bunday imkoniyat bo'lavermaydi. Lekin kuzatmayapman, deyishim ham noto'g'ri.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi, “InterFUTBOL” gazetasi


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика