So’nggi yangiliklar

21:00Al Ain Cup. Ўзбекистон - Эрон (матнли трансляция)  31 20:59Криштиану Роналду Дональд Трамп билан учрашади  0 20:33Асилбек Алиев Осиё кубогига борса, бир нечта ўйинни ўтказиб юборади  16 19:25U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади  392 19:13Рейндерс: "Мен ЖЧ-2022ни диванда томоша қилганман. Бу сафар бутунлай бошқача бўлиши аниқ"  0 18:48Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Хитой билан муроса кўчасини танлади  7 18:20U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон 1/4 финалга чиқса, тўпурарларимиздан бири майдонга туша олмайди  8 18:04Расмий хабар: "Андижон" Максим Шацких билан хайрлашди  35 17:33Трамп: "ЖЧ-2026 мисли кўрилмаган даражада муваффақиятли ўтиши учун барча нарсани ишга солиш ҳақида кўрсатма бердим"  1 16:55Украиналик сўконғич мураббий қирғиз клубидан бўшатилди  5 16:07АПЛ клуби Левандовскига шартнома таклиф қилди  7 15:38"Бавария" футболчиси жароҳатдан фориғ бўлди  2 15:11"Манчестер Юнайтед" ҳужумчиси 1 ойни майдон ташқарисида ўтказади  1 14:39"Насаф" "Динамо" етакчисига даъвогарлик қилмоқда  17 14:17"Динамо" назорат ўйинида 7:0 ҳисобида ютди  1

Maksim SHackix: "Butun stadion sizga qarshi muxlislik qilsa ham, professional sifatida o'z o'yiningizni o'ynashingiz kerak" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Butun stadion sizga qarshi muxlislik qilsa ham, professional sifatida o'z o'yiningizni o'ynashingiz kerak"

Superliganing 10-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Paxtakor" (1:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Maksim SHackix matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Barchaga xayrli kech. "Andijon" maydonida o'tadigan o'yinlar har doim oson bo'lmaydi. Sababi, jamoa muxlislari tomonidan juda kuchli tarzda qo'llab-quvvatlab boriladi. Bugun ham bizga oson bo'lgani yo'q, stadionga kelgan muxlislar bu uchrashuvni haqiqiy futbol bayramiga aylantirib yuborishdi. 

Superkubokda 3 kun oldin o'tkazgan og'ir o'yinimizdan so'ng "Andijon" bilan o'yinga tiklanib olishimiz uchun vaqtimiz qisqa bo'ldi. SHunga qaramay yigitlar yaxshi harakat qilishdi. Bugun juda og'ir o'yin o'tkazdik. Qo'lga kiritilgan 3 ochko juda qiyin tarzda amalga oshdi deb ayta olaman.

- Siz "Andijon" klubi fan klubiga qanday baho bergan bo'lardingiz? "Paxtakor" bugungi o'yinda muxlislar bosimini qanday engib o'tdi?

- Men aytib o'tdim, "Andijon" muxlislari jamoani jamoani juda kuchli qo'llab-quvvatlashadi. Bu jamoa fan klubi haqida bilaman. Biz buni avvaldan bilardik. Bu futbolning ajralmas qismi. Butun stadion sizga qarshi muxlislik qilsa ham siz professional sifatida o'z o'yiningizni o'ynashingiz kerak. "Andijon" stadionidagi sharoitlar barcha uchun qulay tarzda shakllantirilibdi. Aytaylik, bu stadionga oilaviy keldingiz, farzandlaringiz uchun park ham bor, bemalol hordiq chiqarib ketsangiz bo'ladi.

- "Paxtakor" klubida muxlislar bilan ishlash borasida qanday ishlar amalga oshirilayapti?

- Klubda muxlislar bilan ishlash borasida tizimli ishlar yo'lga qo'yilgan. "Paxtakor" qarorgohida har doim muxlislar bilan alohida yondashuv asosida ishlanadi. Masalan, klubning yubileyi, muhim sanalari doim muxlislar bilan hamfikr tarzda tashkil etiladi. Maydonga chiqsangiz, tribunada sizni olqishlayotgan muxlislar bo'lsa, bu zavqli albatta. Biz bu borada to'g'ri yo'ldamiz deb ayta olaman.

- "Paxtakor" mavsumni u qadar yorqin o'tkazmayapti. Hozirga kelib jamoa o'yinlari ijobiy tomonga o'zgardi. Mavsum boshidanoq shunaqa tempda o'ynash uchun jamoaga nima etishmadi?

- Biz mavsumni yomon boshlamadik. Tarkibimiz 90 foizga o'zgarib ketdi. Yoshlar bilan muntazam bir xil tempda o'ynash qiyin. Biz o'yinlar va mashg'ulotlar mobaynida shakllanib boramiz.




Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика