So’nggi yangiliklar

22:38Эрон терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан ўтказган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 22:19Дисквалификация муддати қисқарган Поль Погбанинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  2 21:38Тен Хаг "Манчестер Юнайтед" машғулот базасида баланд девор қурдирди. У машғулотларини бегона кўзлардан беркитмоқчи  6 21:10Жозе Моуринью Арда Гюлерни жамоасига олиб келмоқчи  4 20:47Россия термаси октябрь ойидаги ФИФА кунларида ўйин ўтказмайди. Ўйинчилар очиқ машғулот ўтказиб, клубларига қайтишади  8 20:21Расман: "Сўғдиёна" жамоанинг асосий ўйинчиси билан шартномани узайтирди  4 19:56Англия футбол ассоциацияси Пакетани футболдан умрбод четлатишга чақирмоқда  4 19:31Шайхлар "Сент-Жеймс Парк" стадионини реконструкция қилиш учун 1 млрд фунт сармоя киритади  1 19:02Нико Уильямс жароҳати сабаб Испания терма жамоаси ўйинларини ўтказиб юборади  1 18:39Ўзбекистон МТЖ Эронга қарши ўйин олдидан расмий машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  23 18:21"Футбол олами". Фарғонадаги "Аср финали" қандай ўтди?   9 18:13Аббос Файзуллаев: "Таркибимиздаги барча футболчилар ўз чемпионатларида яхши формага кириб олишди. Бу бизга анча қўл келади"  5 17:39ПСЖда можаро: футболчилар Луис Энрикенинг тактикасидан норози  1 17:12Сердар Азмун: "Ўзбекистон терма жамоаси сўнгги маротаба бизга жиддий муаммо туғдирганига 12 йил вақт бўлди"  49 16:58Икки турда максимал натижа: Эрон устидан тарихий ғалабага эришамиз(ми)?  10

Maksim SHackix: "Bosh homiyimiz o'z hisobidan hakamlarga texnika va kamera olib berish istagini bildirgandi" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Bosh homiyimiz o'z hisobidan hakamlarga texnika va kamera olib berish istagini bildirgandi"

Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Qizilqum" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Maksim SHackix matbuot anjumanida ishtirok etdi

- O'yin haqida

- Bilasizmi meni nima xursand qilmoqda. "Paxtakor" kuchsiz vaqtida ham barcha bizdan cho'chimoqda. O'yinga keladigan bo'lsak, mening fikrimcha biz raqiblardan ko'proq vaziyat yaratdik. Afsuski, ikkinchi taymda jonlandik. Buguni uchrashuvda bir nechta futbolchilarimiz boshqa poziciyada o'ynashdi. SHuning uchun biroz qiynaldik. Birinchi bo'limning o'zidayoq hisob 2:0 ko'rinishida bo'lish kerak edi. "Dinamo"ga qarshi kechgan uchrashuvda ham xuddi shunday holat ro'y berdi. Raqib taym davomida bir marotaba hujum qildi va gol urdi. Himoyada to'g'irlashimiz kerak bo'lgan ishlar ko'p. Yigitlarga rahmat aytaman. Bir kishi kam bo'lib durang o'ynadik.

- Hakam o'yinga juda kam vaqt qo'shdi. Bunga sabab nima deb o'ylaysiz?

- CHunki "Paxtakor" o'ynamoqda. Ishoning, agar biz g'alaba qozonayotganimizda ular 10 daqiqa qo'shgan bo'lardi.

- VAR vaziyatni ko'rmoqda, ammo yaqqol isbot yo'qligi sababli hech qanday penalti va qizil kartochka berilishi kerak emas, aslida. VAR texnikalari yaxshi emas, ammo ular shubhali qaror qabul qilishmoqda. Hakamlarning ishini qanday baholaysiz?

- Bilmadim. Bizdan qo'rqishayotgani uchun shunday qaror qabul qilishayotgandur.

- Ortiqboev nega tayanch yarim himoyachi sifatida o'ynamoqda? Diyorni Azmiddinovning o'rnida o'ynatsangiz bo'lar edi. Siz uchun Azmiddinov markaziy himoyachi sifatida yaxshiroq variantmi?

- Diyorning asosiy poziciyasi tayanch yarimhimoyachi. U yoshlar terma jamoasida ham, "Buxoro"da ham tayanch yarimhimoyachi poziciyasida o'ynayotgan edi. Ortiqboev joriy mavsumga qadar deyarli hech qaerda o'ynamagan. Biz undan natija kutmoqdamiz. "Paxtakor"dek jamoaning asosiy futbolchisi sifatida stabil o'yin talab qilmoqdamiz. U mehnat qilmoqda. Biz yosh futbolchilar bilan o'ynamoqdamiz va ularga vaqt kerak. Yoshlarimiz bunga qadar faqat U21 ligasida to'p tepishgan. Oradagi farq esa juda katta. SHu sababli yoshlarga ko'proq imkoniyat bermoqdamiz. Ular sekin astalik bilan tajriba to'plab borishmoqda. Hamma xato qiladi. Buyuk futbolchilar ham xatolar qilgan.

- "Dinamo" va "Qizilqum"ga qarshi uchrashuvlarda jamoangiz durang qayd etdi. Potencial 6 ochkoda bor yo'g'i 2 ochko qo'lga kiritildi. SHunday natijalar tufayli jamoangiz chempionlik poygasidan tushib qolish ehtimoli yuqori. Ushbu vaziyat haqida fikr bildirib o'tsangiz?

- Ehtimoliy va potencial degan fikrlar noto'g'ri. Haqiqiy natijani o'zingiz ko'rib turibsiz. "Nasaf" ham bugun durang o'ynadi. "Nasaf"ning tarkibiga qarang, ular dahshatli tarkib yig'ishgan. O'tgan uchrashuvdan so'ng Vadim Abramov jamoam ikki ochko yo'qotdi deya fikr bildiribdi. Bahsni takroran ko'rib chiqishingizni so'rayman. 15 daqiqadayoq 3:0 hisobida oldinda bo'lishimiz kerak edi. Barchasi videoda bor. To'g'ri, agar g'alaba qozonganimizda birinchi o'rinda bo'lishimiz mumkin edi. Lekin barcha jamoalar ochko yo'qotyapti. O'tgan ikki mavsumni eslang, yakunda kim chempion bo'ldi(jilmayib). Barcha jamoalar hali ochko yo'qotadi. Bizning chempionatda hech yutqazgisi kelmaydi. Raqobat juda kuchli. "Nasaf" o'z o'yida "Dinamo"ga imkoniyat qoldirmaydi degandek tuyuladi, ammo natijani ko'rib turibsiz. CHempionatimizdagi darajada deyarli teng. Barcha jamoalar kurashmoqda. Ortda qolgan 8-turda hech qaysi bir klub yirik hisobda mag'lub bo'lmadi. Men bir jamoa yaqqol ustunlik qilgan o'yinni eslay olmayman. Barcha jamoalar futbol o'ynashni o'rganib olishdi. Hamma hujum qilishni biladi va qanday himoyalanishni ham.

- "Paxtakor" U21 jamoasi "Dinamo"ga yirik 4:0 hisobida mag'lub bo'ldi. Bu juda yomon natija, lekin "Paxtakor" yangi mavsumda yoshlarga imkoniyat berishni boshladi. O'z tengdoshlari orasida yirik hisobda mag'lub bo'layotgan futbolchilarni asosiy tarkibga jalb etish qanchalik to'g'ri? Bunday yomon natija qayd etayotgan yoshlarni asosiy jamoaga jalb etishni o'zini qanchalik oqlamoqda?

- Fikringiz to'g'ri. Yoshlarimiz asosiy jamoada o'ynay oladigan darajaga etganida, biz ularga muntazam imkoniyat bera boshlaymiz. O'sha o'yinni tomosha qildim. "Paxtakor" juda omadsiz o'yin o'tkazdi. Bunday g'alati o'yinlar uchrab turadi. Raqibning barcha vaziyatlari gol bilan yakunlanadi, bizning hujumlar esa samarasiz bo'ladi. Dahshatli hisob to'g'ri, ammo o'yin bo'yicha kamida 3ta gol urishimiz kerak edi. Vaziyatlar yaratdik, ammo gol ura olmadik. 4ta gol o'tkazib yuborish yaxshi emas. Yosh futbolchilarimiz o'z ustida ko'proq ishlashi kerak. Yoshlarimiz bir o'tirib, yaxshilab oylab ko'rishlari kerak. Nima uchun harakat qilishmoqda va ularning maqsadlari qanday.

- Keyingi to'qnashuvda jamoangiz Superkubok sovrini uchun "Nasaf"ga qarshi maydonga chiqadi. Superligadagi keyingi raqib esa "Andijon". Keyingi raqiblar haqida fikr bildirib o'tsangiz? Masalan o'tgan mavsum "Andijon"ni mag'lub eta olmadingiz.

- Biz tarixni ko'p eslamaymiz. O'tgan mavsumda biz chempionlik bo'ldik. "Andijon" esa nechanchi o'rinni egallagani esimda yo'q. Har bir o'yinga bir xil tayyorgarlik ko'ramiz. Biz uchun oson o'yinlar yo'q. Tezroq tiklanib olishimiz kerak. Biz uchun raqibning ahamiyati yo'q, "Nasaf", "Dinamo", "Metallurg", "Andijon". Barchasi biz uchun teng va ularga qarshi bir xil tayyorgarlik ko'ramiz. Superkubok biz uchun yana bir sovrin. "Nasaf" ham Superkubok bizga kerak emas demaydi. Qiziqarli uchrashuv bo'ladi deb o'ylayman. Yana bir sovrinni qo'lga kiritishni maqsad qilganmiz. Biz o'zimizga o'zimiz muammo o'ylab topamiz. Ishoning bizni hali hamon hech kim mag'lub eta olmaydi, faqatgina o'zimizga o'zimiz muammo o'ylab topmasak. "Nasaf"ga qarshi kechadigan uchrashuvlarimiz har doim qiziqarli kechadi. Hozirgi eng muhim vazifa tezroq tiklanib olish. Andijon shahriga borish menga juda yoqadi. To'liq tribunalar bu ajoyib. Raqibimiz muxlislari stadionni to'ldirishadi, ammo muxlislar bilan to'lgan stadionda o'ynash bu boshqacha hissiyot.

- Sobirxo'jaev ikkinchi marotaba qizil kartochka olmoqda. Sardor ruhshunos bilan ishlashi kerak menimcha yoki u o'zini yaxshi his etmoqdami?

- Sobirxo'jaev joriy mavsumga qadar o'z faoliyati davomida ikkita qizil kartochka olganiga ishonmayman. Sobirxo'jaev va qizil kartochka umuman boshqa dunyo. Sardorga juda g'alati va shubhali ikkita qizil kartochka ko'rsatildi. Bilmadim to'g'risi. Vaziyatni boshidan ko'rish kerak. Sardor tayanch oyog'ini hech qaerga olib qocha olmasdi. U ataylab qilmadi. Men yangi qoidalarni o'qib chiqganman va bilaman. Agar futbolchi ataylab kontaktdan qochmasa, unga qizil kartochka ko'rsatilishi kerak. Evropada 18ta kamera orqali ushbu vaziyatni ko'rib chiqishadi. Bizda esa 3 yarimta kamera bor xolos. Bizning homiyimiz VARga yordam berish uchun kameralar olib bermoqchi edi. Jamoa prezidenti o'z hisobidan kameralar xarid qilmoqchi va ularni hakamlarga bermoqchi edi.

- Ushbu texnikalar faqatiga "Paxtakor" stadion uchun mo'ljallanayotgan edimi yoki qolgan stadionlarda ham o'rnatish rejasi bormidi?

- CHempionatdagi barcha ishtirokchilarga. Biz ushbu ishlarni tashkillashtiradigan organizaciyaga yordam bermoqchi edik. PFL ushbu vazifa bilan shug'ullanadi adashmasam. Agar ushbu reja amalga oshganda, barcha vaziyatlarda to'g'ri qaror chiqarilgan bo'lardi. Kameralar ko'p vaqti, haqiqatni yashirishning iloji yo'q. Bosh hakam o'zi men vaziyatni aniq ko'ra olmadim va shu sababli penalti bermayman deya fikr bildirganini barchamiz ko'rdik va eshitdik. "Qizilqum" futbolchisi qo'li bilan o'ynagan va bizga penalti berilishi kerak bo'lgan vaziyatda bosh hakam VARga bormadi. Qizil kartochkada esa VARga bordi. Buni qanday tushunish kerak. Demak bosh hakamga kimdir aytib turibdi. Eslab qoling, barchasi qaytib keladi. Bu qaytar dunyo. Men juda emocional javob bergandirman, ammo mening xarakterim shunday. Uzr so'rayman.








Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика