So’nggi yangiliklar

19:28Тимур Кападзе Хитой терма жамоаси бош мураббийи бўлиши мумкин  3 19:05"Вест Хэм" Поттер ўрнига Лэмпардни тайинлаши мумкин. Ҳозирда мутахассис Чемпионшипнинг "Ковентри" клубида ишламоқда  0 18:41Слот Исакнинг ўйинига баҳо берди  0 18:18"Реал" "Ювентус"га Эндрикни ижарага олишни таклиф қилганди. Италия клуби рад этди  0 17:55Ўзбекистонлик ҳакамлар ЖЧ 4-саралаш босқичи ўйинида ишлайди  1 17:46ЖЧ-1998 саралаши. Миржалол Қосимов: "БААга пенальтидан гол ура олмаган ўйинимда майдонга тушишга лойиқ эмасдим, телевизорга қарашга уялганман"  2 17:34​Билич Ўзбекистонда эмас, собиқ жамоасида иш бошлаши мумкин  6 17:15Манба: Ўткир Юсуповнинг жароҳати кутилганидан жиддийроқ бўлиб чиқди  3 17:10Суперлига. "Сурхон" - "Машъал" (матнли трансляция)  0 16:47Ўзбекистонлик ҳакам университетлар ўртасидаги Жаҳон чемпионати учрашувини бошқарди  0 16:27ЎФФ раҳбарияти Осиё Кубоги саралаши олдидан терма жамоа аъзолари билан учрашди  2 15:59"Ливерпуль" еврокубокда илк бор англиялик футболчиларсиз таркибни майдонга туширди  4 15:33Фарғонада "Нефтчи" ғалаба қозонадими? Олмалиқда нима бўлади? — 22-тур олдидан мутахассис фикри  5 15:17Суперлига. 22-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Андижон" ва "Пахтакор"да йўқотишлар бор  3 14:57Гвардиола Ҳусанов нега "Сити"нинг ҳар бир ўйинида бошланғич таркибда тушолмаслигини тушунтирди  11

Maksim SHackix: "Bizning asosiy muammomiz - har bir uchrashuvda gol o'tkazib yuborayotganimiz" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Bizning asosiy muammomiz - har bir uchrashuvda gol o'tkazib yuborayotganimiz"

Coca Cola Superligasi 20-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – OKMK uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Maksim SHackix matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz...

- Bugun sifatli va tomoshabop futbol guvohi bo'ldik. Bizning asosiy muammomiz — har uchrashuvda gol o'tkazib yuborayotganimiz. Raqibga o'z darvozamiz oldida vaziyat yaratishga yo'l qo'ymoqdamiz. Hujum chizig'iga hech qanday savolim yo'q. Futbolchilarning motivaciyasi bo'yicha ham savol bo'lishi mumkin emas. Yigitlar bugun borini berib o'ynashdi. O'yin davomida etarlicha vaziyat yaratdik, ammo ulardan foydalana olmadik. Bugungi natija shunday ko'rinish oldi.

- Hamralievning Olimpiya terma jamoasi bilan Osiyo o'yinlariga ketganidan afsusdamisiz? Agar Muhammadqodir tarkibda bo'lganida, jamoaga foyda keltira olarmidi?

- Albatta. Men uning vaqtinchalik safimizda bo'lmasligi haqida oldindan xabardor edim va afsuslanishga hojat yo'q deb hisoblayman. U bizga ancha foyda keltirgan bo'lardi. CHempionatning eng qizg'in pallasida qandaydir boshqa musobaqa o'tkazilishi men uchun g'alati. Nima bo'lganda ham vaziyatni o'zgartira olmaymiz va ushbu holatga moslashishimiz kerak. Uning yo'qligi, albatta, jamoa uchun katta yo'qotish hisoblanadi.

- "Paxtakor" jamoasi kichik inqirozga duch kelgandek tasavvur uyg'otmoqda. Ushbu vaziyatdan jamoa qanchalik tez chiqib keta oladi?

- Qanday inqiroz? Menga aytingchi, qanday inqirozga yuz tutdik? Bu futbol, unda har doim g'alaba qozonish imkonsiz. "So'g'diyona" oson raqib emasdi, OKMK esa har doim musobaqa jadvalining eng yuqori pog'onalari uchun kurashadigan jamoa sanaladi. To'g'ri, biz so'nggi o'yinlarda ochko yo'qotdik, biroq bu hech narsani anglatmaydi. Biz har doim o'zimizga-o'zimiz muammo keltirib chiqaramiz va ushbu muammoni keyinchalik o'zimiz hal qilamiz. Bizning yo'limiz shu. Meni xavotirga solayotgan yagona holat — har uchrashuvda gol o'tkazib yuborayotganimiz. Oxirgi marta gol o'tkazmagan o'yinimizni eslay olmayman.

- Dragan CHeranning yo'qligi bugun qanchalik bilindi, u jamoa bilan Saudiya Arabistoniga boradimi?

- Dragan Saudiya Arabistoniga bormaydi. Umid qilamanki, u yaqin orada safimizga qaytadi. CHeranning yo'qligi katta yo'qotish sanaladi.

- Hakamlik bo'yicha shikoyatingiz bormi?

- Meni o'ylantirgan yagona vaziyat birinchi bo'limda to'p futbolchining qo'liga tekkan vaziyati edi. O'sha vaziyatlarning takrorini ko'rmadim. Bu futbol va unda kurash olib borasiz. Unda kichik bir teginish va kurash bo'lishi tabiiy hol. O'sha vaziyatda futbolchi raqibga jarohat etkazsa yoki uning boshiga zarba bersa mayli edi, ammo bunday kichik kontaktlar bo'lishi, shubhasiz. Hakamlarni tanqid qilmayman. Sababi, hali o'sha vaziyatning videosini ko'rmadim.

- Himoyada muammolar bor, deya tan oldingiz. Himoyachilarni ham deyarli har o'yin almashtiryapsiz, lekin darvozabonni o'zgartirmayapsiz. Yozda Pavlyuchenko sotib olindi. Belaruslik darvozabonga nega imkoniyat berilmayapti, u shunchalik yomon darajadami?

- Hamma narsaning o'z vaqti bor. Balki endi imkoniyat berarmiz. O'zingiz guvohsiz, Sanjar ko'pgina vaziyatda jamoa joniga oro kirmoqda. Bugungi uchrashuvda ham bir nechta vaziyatda bizni qutqardi. U yuz foizlik gollardan asramoqda. Ha, u "rikoshet" yoki boshqa vaziyatlarda gol o'tkazib yuborgandir, ammo asosiy muammomiz bu emas. Muammo — himoyada. Eng oson ish — tarkibni o'zgartirib qo'yish. Bu haqda o'ylab ko'ramiz va bir qarorga kelamiz.

- Azamovni sinab ko'rish vaqti kelmadimi? Himoyada yaqqol etakchi etishmayotgandek. SHerzod o'ynashni boshlasa, liderlik qobiliyatlari bilan yoshroq himoyachilarni hushyorlikka chaqirishi mumkin...

- Azamov endi o'z formasiga qaytmoqda. U og'ir jarohatni boshdan kechirdi va yaqindagina mashg'ulotlarga qo'shildi. Bunday uchrashuvlarda uzoq vaqt o'ynamagan futbolchini maydonga tushirish xavfli. Biz uning fikriga quloq tutamiz va doimiy aloqadamiz. U menga tayyorman desa, imkoniyat berishim aniq. Bizga har bir futbolchi qadrli, sababi, tarkibimiz futbolchilarga to'lib ketmagan.


Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика