Qirg'iziston bosh murabbiyi: "Saralashning bu bosqichida oson raqib bo'lmasligi turgan gap"
27 iyu 2024 18:41
Yangiliklar
Qirg'iziston bosh murabbiyi: "Saralashning bu bosqichida oson raqib bo'lmasligi turgan gap"
Kuala Lumpurdagi OFK qarorgohida Jahon chempionati-2026 saralashining 3-bosqichiga qura tashlash marosimi o'tkazildi.
Qura tashlash marosimida Qirg'iziston futbol ittifoqi vice-prezidenti Dastanbek Konokbaev, milliy terma jamoa bosh murabbiyi Maksim Lisicin va Milliy terma jamoalar bo'limi menedjeri Aziz Kudaybergenov ishtirok etishdi.
"Qura biz uchun omadli bo'ldi, deya olmayman. Saralashning bu bosqichida boshqacha bo'lishi ham mumkin emasdi. Raqiblarimiz jiddiy va bizni og'ir o'yinlar kutib turibdi.
Umid qilamanki, biz to'g'ri taktika tanlay olamiz va oldimizga qo'yilgan vazifalarni uddalaymiz!", - dedi Maksim Lisicin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar