Makmanaman: "Volfsburg"ga qarshi bahsda "Real" futbolchilari maktab bolalaridek o'ynadi"
07 apr 2016 10:53
Yangiliklar
Makmanaman: "Volfsburg"ga qarshi bahsda "Real" futbolchilari maktab bolalaridek o'ynadi"
"Real" sobiq yarim himoyachisi Stiv Makmanaman "Volfsburg"ga qarshi uchrashuvda harakat qilgan Madrid klubi futbolchilarini tanqid qildi.
"Real" juda og'ir holatda deb o'ylagandim va haq ekanman. Qanotlardagi himoyachilar Dinilo va Marselo butun maydon bo'ylab harakat qilishdi, ammo Pepe hamda Serxio Ramos birinchi marta bir-birini ko'rib turgandek o'ynadi.
Jamoa juda yomon harakat qilganidan xafaman, chunki ulardan xotirjam o'yin kutgan edim. Himoyada ular 10-12 yoshli maktab bolalaridek ko'rindi.
Barchasida murabbiyni ayblab bo'lmaydi, u "Barselona"ni mag'lub etgan tarkibni maydonga chiqargan edi" - deydi Makmanaman.
Fikrlar