So’nggi yangiliklar

13:59Игорь Сергеев "Пахтакор"ни тарк этяпти  0 13:28Баъзида Педри отаси билан бошқа жамоалар футболчилари урган голни нишонлар экан  2 13:09Нурилло Тўхтасинов – "Динамо" футболчиси  2 12:42Криштиану Роналду Қизил денгиз оролларидан 8 млн долларга иккита вилла сотиб олди  9 12:15"Манчестер Юнайтед" Бруну Фернандеш дербига қадар тикланишига умид қилмоқда  0 11:35Франк Лебёф: "Реал"да Беллингем, Винисиус ва Мбаппе бор – бу муаммо"  7 10:45"Ливерпуль" марказий ҳимоячи учун 90 миллион евро тўлаши мумкин  3 10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  2 09:52Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар майдонда бор кучларини ишга солишди"  16 09:22"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда  3 08:55"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси қишда жамоадан кетиши мумкин  4 08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  3 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  4 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  14 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  5

"Maguayr JCHda nihoyatda barqaror o'yin ko'rsatdi" - Ten Hag Yangiliklar

"Maguayr JCHda nihoyatda barqaror o'yin ko'rsatdi" - Ten Hag

"Manchester Yunayted" ustozi Harri Maguayr Angliya terma jamoasidagi ishonchli o'yinlarini klubda ham ko'rsatishini istaydi.

"Qizil iblislar" bosh murabbiyi Erik ten Hag Angliya termasi safida Qatardagi mundialda yaxshi o'yin ko'rsatgan mankunianlar sardori haqida gapirib o'tdi. 

Niderlandiyalik mutaxassis shogirdini hozirgi darajasini saqlab qolishga chaqirdi. Himoyachi "uch sherlar" tarkibida asosiy o'yinchilardan biri bo'ldi. Maguayr ushbu xalqaro turnir tanaffusiga qadar samarasiz harakatlari sababli tanqidlar ostida qolib ketayotgan edi. Biroq u Jahon chempionatida mutlaqo o'zgarib, hatto jamoasining hujumlarida ham o'zini ko'rsatdi. 

Joriy mavsumning birinchi qismida atigi 9 o'yinda ishtirok etib, shularning 5 tasida asosiy tarkibda maydonga tushgan futbolchi Qatarda mamlakati termasining barcha o'yinlarida haraktlandi. 

2019 yilda 80 mln evro evaziga “Old Trafford” egalari safiga kelib qo'shilgan 29 yoshli futbolchi klub bilan 2,5 yillik bitimga ega. Ten Hagdan uni sotib yuborish borasida so'ralganda:

"Faqat u qolishni xohlamagan taqdirdagina. Aynan o'sha vaqtgacha men uning shu erda ekanidan mamnun bo'laman".

SHuningdek, mutaxassis quyidagi fikrlarni bildirdi:

"U Manchesterda yomon davrlarni o'tkazdi va albatta, keyin bir qator qiyinchiliklarga duch keldi. Angliya uchun deyarli har doim yaxshi o'yin ko'rsatgan.

Men undan ko'p narsa kutaman. Agar Harri undan talab qilinayotganlarni bajarsa, biz uchun ajoyib futbolchiga aylanadi.

Menimcha, Jahon chempionatini juda yaxshi o'tkazdi. Nihoyatda barqaror o'yin ko'rsatdi. Hozirgidek o'ziga ishonib o'ynashda davom etsa, xuddi barcha kutganidek, biz uchun juda muhim o'yinchi bo'ladi.

Ishonchim komilki, Maguayr bizning uslubimizda o'ynash va tizimimizga moslashish salohiyatiga ega".

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика