"Mag'lubiyat boshqa takrorlanmasligi uchun harakat qilamiz, aks holda, uyga qaytishga to'g'ri keladi" - Morata
02 dek 2022 13:56
Yangiliklar
"Mag'lubiyat boshqa takrorlanmasligi uchun harakat qilamiz, aks holda, uyga qaytishga to'g'ri keladi" - Morata
Alvaro Morata Ispaniya terma jamoasining Yaponiyadan uchralgan mag'lubiyati (1:2) va jamoaning JCH-2022 pley-off bosqichiga yo'l olgani xususida fikrlarini bildirdi.
"Bu – futbol va bu aql bovar qilmas o'yin edi. Asosiysi, keyingi bosqichga chiqdik. Bu haqida o'ylash, shuningdek, o'yinni tahlil qilish kerak.
Men kuzatgan deyarli barcha Jahon chempionatlarida barcha jamoalar qiyin damlarni boshdan kechirishgan. Siz buni boshdan kechirishingiz, lekin bizga ishonishda davom etishingiz lozim.
Ertadan etiborimizni pley-offga qarata boshlaymiz va bu [mag'lubiyat] boshqa takrorlanmasligiga ishonch hosil qilishga harakat qilamiz, aks holda, uyga qaytishga majbur bo'lamiz", – dedi ispaniyalik hujumchi.
Ispaniya 1/8 finalda Marokash bilan o'ynaydi. Bahs 6 dekabr kuni 20:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
13:29
O'zbekiston Jahon chempionatiga tayyor (Kichik mundial haqida bilishimiz kerak bo'lgan malumotlar) 3
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar