So’nggi yangiliklar

10:48ПСЖ ва "Ювентус" ўзаро келишувга эришди  0 10:23"Челси" 24 йиллик анаънадан воз кечади  2 09:56Икич Фране: "Жамоамиз бу ўйинда ғалаба қозонишга ҳақли эди"  0 09:27Германия терма жамоасининг сентябрдаги ўйинлар учун чақирилган футболчилари маълум  2 08:54МЮ Брунуни сотишга тайёр. Унга нарх қўйилди  4 08:27"Бухоро" "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, тарихда илк бор финалга чиққан учрашувдан ФОТОГАЛЕРЕЯ  7 08:00Жароҳатдан қайтган Месси жамоасини Лига кубоги финалига олиб чиқди  8 07:50Германия Кубоги. "Бавария" меҳмонда 3-лига жамоасини мағлуб этди  1 07:31Аморим кечаги мағлубиятга изоҳ берди  8 02:42Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" 1/32 финалда 4-лига жамоасига мағлуб бўлиб, турнирни тарк этди  12 02:22EЧЛнинг барча 36 иштирокчиси маълум: "Барселона" ва "Реал" 1-саватда, "Арсенал" ва "Ювентус" 2-саватда, "Тоттенхэм" ва "Наполи" 3-саватда, "Монако" ва "Қайрат" 4-саватда  16 00:18"Ал Ҳилол" А Сериядаги футболчи учун 35 млн евро таклиф қилди, аммо...  0 23:51Себальос "Марсел"га ўтишдан бош тортди. "Реал" хавбекни 11+4 млн еврога мажбурий сотиб олиш шарти билан ижарага беришга тайёр эди  0 23:25Равшан Ҳайдаров: "Ҳеч қачон рақибларга паст назар билан қараш керак эмас"  4 23:14Англия Лига Кубоги. ​"Гримсби Таун" – "Манчестер Юнайтед": Онана, Магуайр, Хевен, Амад ва Шешко бошланғич таркибда!  39

Maestro qaytdi! Yangiliklar

Maestro qaytdi!

Nihoyat "Lokomotiv" futbol klubida uzoq kutilgan voqea ro'y berdi.

Yurtimizdagi eng tajribali darvozabon Ignatiy Nesterov diskvalifikaciya muddatini o'tab yana maydonga qaytdi. Xabaringiz bor, qishda bo'lib o'tgan Osiyo Kubogi paytida Nesterov doping mojarosiga aralashib qolgandi. SHundan so'ng tajribali posbon malum muddatga OFK tomonidan har qanday musobaqada ishtirok etishdan chetlatildi. 

Nesterov 14 avgustdan boshlab yana mashg'ulot olib borish imkoniga ega bo'ldi. Va faqat 14 oktyabrdan so'ng birorta klubda rasmiy maqomdagi o'yinda maydonga tushishi mumkin edi. Avgust oyining 14-sanasidan boshlab "Lokomotiv" mashg'ulotlarida ishtirok etgan Nesterov oradan ikki oy o'tib sevimli jamoasi safida yana maydonga qaytishga muvaffaq bo'ldi. 

Bir necha oylik tanaffusdan so'ng Nesetrovning qaytishi va o'zi sevgan ish bilan shug'ullanishi Superliga 22-doirasida "Buxoro" bilan uchrashuvga to'g'ri keldi. Bugun bo'lib o'tgan "Lokomotiv" - "Buxoro" bahsida Nesterov nafaqat maydonga qaytdi, balki o'z jamoadoshlarini sardor sifatida maydonga boshlab tushdi.


 


Albatta, Nesterovdek darvozabonning jazo muddatini o'tab yana maydonga qaytgani muxlislarni xursand qilmay qo'ymaydi. CHunki ishqibozlar uning o'yinlarini va ajoyib seyvlarini sog'inib qolishgandi. Nesterovning qaytishi "Lokomotiv"ning qatorasiga to'rtta o'yindan iborat g'alabasiz seriyasiga barham berdi va "temiryo'lchilar" bugungi bellashuvda 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi. 

Biroz muddat tanaffusdan so'ng Nesterov bugungi bahsni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazdi. U darvozani ishonch bilan qo'riqladi, jamoadoshlarini mudom oldinga chorlab turdi. Yaxshi bilasiz, futbolda maestro so'zi odatda maydondagi o'yinchilarga nisbatan ishlatiladi. Lekin biz bemalol darvozabon Ignatiy Nesterovni maestro deya olamiz. CHunki u o'z ishining ustasi, mashg'ulotlarda astoydil ter to'kadi, o'yin payti darvozada turib bo'lsa ham jamoani boshqaradi, maydondagi futbolchilardan kam ter to'kmaydi. Buni bir necha yillik tajribasi orqali allaqachon isbotlab qo'ygan. 

O'ylaymizki, Nesterovning qaytishi nafaqat "Loko", shu o'rinda O'zbekiston milliy terma jamoasi uchun ham foydali bo'ldi. Endi darvozabonlar o'rtasida raqobat yanada ortadi. Bundan tashqari, hech shubhasiz Ignatiy Nesterov hali hamon birinchi raqamli ekanini isbotlashga harakat qiladi. Yana yashil maydonga qaytganing muborak bo'lsin, maestro!

Reyting: +51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика