So’nggi yangiliklar

10:41Люпчо Дориев "Пахтакор"га қарши ўйин, голсиз серияси ва нега 14-рақамни ёқтириши ҳақида гапирди  0 10:18Превью. Мусобақа етакчиси чемпионат аутсайдерига қарши баҳсида ким ғолиб бўлади?  1 09:47Аморим "Спортинг"даги шогирдини МЮга олиб келмоқчи  2 09:23Превью. Абрамовнинг "Динамо"си Қосимовнинг ОКМКсини меҳмон қилади  9 08:56Слот кечаги ғалабдан сўнг нималар деди?  7 08:28Превью. "Навбаҳор" биринчи даврадаги мағлубият учун "Нефтчи"дан реванш оладими?  12 07:57Суперлига. Бугун бизни ажойиб ўйинлар кутиб турибди  5 07:30Расман. "Ал Насср" яна бир юлдузни ўз сафига қўшиб олди  10 07:05Суперлига. "Пахтакор" "Сўғдиёна" жамоасини ишончли ҳисобда мағлуб этди, Алижонов эса шедевр гол урди  0 02:50Иброҳим Ибрагимов: "Сўғдиёна"нинг нозик томонларини ўрганиб чиққандик"  6 02:15Францияда ҳам чемпионат старт олди  0 01:57АПЛ старт олди: "Ливерпуль" мавсумни қийин ғалаба билан бошлади  34 01:33Башар Ресан: "Бу ғалабали йўлни "Андижон"га қарши ўйинда ҳам давом эттирмоқчимиз"  5 01:20"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Ноттингем"га ўтиши мумкин  0 01:00"Ал Ҳилол" қачон Қаршига келади? "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги тақвими маълум  8

Madaniyat vazirligi va Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasiga yangi rahbarlar tayinlandi. Yangiliklar

Madaniyat vazirligi va Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasiga yangi rahbarlar tayinlandi.

Teglar :  Madaniyat va sport
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoniga asosan...

Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimida O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi tashkil etildi.

Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik katta teatri direktori lavozimida faoliyat ko'rsatayotgan Muratov Maxmud Muminovich Madaniyat vaziri etib tayinlandi.
M.Muratov - 1970 yildan Respublika bolalar musiqa tarbiya internat o'qituvchiligidan mehnat faoliyatini boshlagan. So'ngra Madaniyat ishlari vazirligi Maxsus tadbirlar va konkurslar bo'limi mudiri, Musiqa tashkilotlari boshqarmasi boshlig'i, O'zbekiston davlat filarmoniyasi rahbari, Madaniyat ishlari vazirining birinchi o'rinbosari, Toshkent davlat musiqali komediya (operetta) teatri direktori, 2015 yildan Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik katta teatri direktori lavozimida faoliyat ko'rsatgan.


Olimpiya shon-shuhrati muzeyi direktori Kurbanov Rustam Djavdatovich Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasiga rais etib tayinlandi.



R.Kurbonov –  mehnat faoliyati davomida bir qator rahbar lavozimlarda xizmat qilgan. Jumladan,  Toshkent shahar hokimining ijtimoiy masalalar bo'yicha birinchi o'rinbosari, Bektemir tumani hokimi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti, "O'zbekturizm” kompaniyasi raisi, O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri lavozimi, 2009 yildan boshlab Olimpiya shon-shuhrati muzeyi direktori lavomizida faoliyat ko'rsatgan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика