Lyuka Ernandes muvaffaqiyatli operaciya qilindi
25 noy 2022 18:37
Yangiliklar
Jahon chempionati 1-turi doirasidagi Avstraliyaga qarshi o'yinda (4:1) o'ng tizzasidan jarohat olgan "Bavariya" va Franciya terma jamoasi himoyachisi Lyuka Ernandes muvaffaqiyatli operaciya qilindi.
Bir necha kundan keyin futbolchi Myunxenda reabilitaciyani boshlaydi.
Jarohatdan tiklanish uchun 6 oydan 9 oygacha vaqt ketadi. Ernandes katta ehtimol bilan ushbu mavsumda boshqa maydonga tushmaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar