So’nggi yangiliklar

21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  21 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  2 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  587 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Амманда ишончли ғалаба қайд этди  2 20:30ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйиннинг асосий таркиблари маълум!  4 19:30Рауль мавсум охирида "Кастилья"дан кетади  0 18:47ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон: "Ўзбекистоннинг 12-футболчиси" ўйинга тайёр   2 17:45ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон: Асосий таркиблар маълум  44 17:37Ўзбекистон - Эрон: Терма жамоамиз "Бунёдкор" стадионига етиб келди  3 17:28Саутгейт: "Яқин бир йилда мени кутманг"  2 17:00Сиаваш Ҳақназари: "Бугун очиқ ва ҳужумкор футбол гувоҳи бўламиз"  5 16:37"Манчестер Юнайтед" Франция терма жамоаси ҳужумчисига қизиқмоқда  2 16:22ЖЧ-2026 саралаши. Австралия иродали ғалабага эришди   1 15:10"Манчестер Сити" Эдерсонга ўринбосар топди  0 14:29"Байер" Вирцни қўйиб юбормоқчи эмас  0

Lyov mundialga olib ketmagan Sane jurnalistlarga "o'rta barmog'i"ni ko'rsatgan Yangiliklar

Lyov mundialga olib ketmagan Sane jurnalistlarga "o'rta barmog'i"ni ko'rsatgan

Teglar :  Leroy SaneGermaniya
Germaniyaning mashhur "Bild" nashri Leroy Saneni Yoaxim Lyov nega yakuniy ro'yxatga kiritmagani haqida malum qildi.

Nashrning yozishicha, Leroy Saneni yakuniy ro'yxatga kiritilmaganiga Yulian Brandt bilan o'zaro raqobatda yutqazgani va futbolchining xulqi sabab bo'lgan.

Yoaxim Lyov azaldan tartib-intizomni birinchi o'ringa qo'yib keladi. Germaniya terma jamoasi jamoaviy o'yinga tayangan holda futbol o'ynaydi. Lyov futbolchilarning individual harakatlaridan ko'ra jamoaviy o'yin uslubiga ko'proq mos tushadigan futbolchilarga ishonch bildiradi. Sane esa nemis mashinasining o'yin uslubiga to'liq kirishib ketmagani ham o'z tasirini o'tkazgan.

SHuningdek, Leroy Sanening mashg'ulotlarda to'liq kuch bilan shug'ullanmagani Lyovga maqul kelmagan.

2017 yili yozda Rossiyada bo'lgan Konfederaciyalar kubogiga burnini operaciya qilishini ro'kach qilib bormagani ham Lyovni g'azablantirgan. Umuman Leroy Saneni o'zini tutishi va xulqi murabbiyga yoqmagan.

O'tgan yili Angliyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvidan keyin Leroy Sane hech kimga bir so'z aytmasdan  kiyiinish xonasiga yo'l olgan. Jurnalistlar Sanedan o'yin haqida bir og'iz fikr bildirishni so'rab murojaat qilishganida, futbolchi ularga qarata o'rta barmog'ini ko'rsatganini yozmoqda "Bild".

SHuningdek, Timo Verner va Leroy Sane o'rtasida mojaro kelib chiqqani haqida xabarlar paydo bo'ldi. Ammo mojaro haqida "Bild" nashri hech narsa yozmagan.

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика