So’nggi yangiliklar

02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  13 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  0 02:25Саудия Арабистони Про лигаси. Сенсация қайд этилмади, "Ал Ҳилол", "Ал Насср" ва "Ал Шабаб"да ғалаба  0 01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  23 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:56"Реал" — "Эльче". Таркиблар маълум  3 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  3 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  8 23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  2 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  2 21:58"ФарДУ" назорат ўйинида жавобсиз еттита тўп киритди  1 21:32Бундеслига. "Бавария" тўққиз киши бўлиб "Байер" билан дуранг ўйнади, "Боруссия Дортмунд" эса ишончли ғалабага эришди  14

Lutfullo To'raev: "Osiyo chempionatiga borish har bir futbolchining orzusi" Yangiliklar

Lutfullo To'raev: "Osiyo chempionatiga borish har bir futbolchining orzusi"

So'nggi yig'inlarda o'zini ijobiy tomonlarini ko'rsatayotgan futbolchilardan biri, bu Lutfullo To'raev bo'lib turibdi.
"Osiyo chemipionatiga borish har bir futbolchining orzusi. Buning uchun mashg'ulotlarda hamma birdek ishlayapti, kim ham Osiyo Kubogiga borishni istamaydi? Agar turnirda ishtirok etsam va terma jamoaga foydam tegsa, men bundan faqat xursand bo'lar edim", - deydi "Lokomotiv" futbolchisi.



- Ikkinchi yig'indan kelib chiqib jamoa o'z formasiga kirib oldi deb o'ylaysizmi?
- Jismoniy tayyorgarlikka katta etibor qaratildi va futbolchilar barcha ko'rsatmalarni imkon qadar to'liq bajarishga erishdilar. Osiyo Kubogiga yana bir necha kun bor, mana shu kunlardan ham unumlif foydalansak, hammasi joyida bo'ladi.

- 4-3-3 taktikasi sizga qanchalik mos tushyapti va jamoa buni qanday uddalayapti deb ayta olasiz?
- Bugun bu jahon amaliyotida sinalgan taktika. Ayni paytdagi futbolchilarimizning salohiyatidan kelib chiqsam, bu taktikaga bizning futbolchilarga mos tushyapti deb aytgan bo'lar edim.



- Ayni paytda shug'ullanayotgan futbolchilar orasidan 3 nafari musobaqaga bora olmaydi. Siz esa, aynan raqobat eng kuchli bo'lgan nuqta vakilisiz...
- To'g'ri gapingiz, bunday paytda murabbiy musobaqaga yaqin qolgan vaqtda kim tayyor bo'lsa, o'shani yakuniy tarkibga kiritadi. Bu borada hamma murabbiyning qarorini hurmat qiladi. Boisi, barchaning maqsadi bitta, terma jamoamizning muvaffaqiyat qozonishi.

- Deylik, Siz  Osiyo Kubogidasiz, o'z formangizni bilgan holda, u erda qatnashishga tayyorman deb o'ylaysizmi?

- Tayyorman! Vatan uchun o'ynashni hamma ham istaydi, undan keyin Osiyo chempionati, bu JCH saralashi uchun poydevor degani. Futbolchi o'ziga beriladigan har qanday unumli imkoniyatdan foydalanib qolishi kerak.


Nodirxo'ja Yuldashev
Dubay
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика