So’nggi yangiliklar

17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  3 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  2 16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  2 16:30Гёкереш "Манчестер Юнайтед" таклифини рад этди ва "Арсенал"га ўтишга умид қилмоқда  0 16:03Саудия Арабистони U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси эълон қилинди  4 15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0 15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  1 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  4 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Манба: Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  10 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  11 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  9 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4

Lutfulla To'raev: CHempionatimizda o'zgarish sezmadim Yangiliklar

Lutfulla To'raev: CHempionatimizda o'zgarish sezmadim

Oliy liganing 2017-yilgi mavsumida poytaxt viloyatining Olmaliq jamoasi 7-o'rin bilan kifoyalandi.

Ushbu jamoa haqida so'z ochganimiz bejiz emas. Bugungi suhbatdoshimiz – olmaliqliklar sardori Lutfulla To'raev.

- Lutfulla, Qo'qondagi muvaffaqiyatning bosh omili nimada?

- Hammamiz bir tanu bir jon bo'lib harakat qildik va mehnatlarimiz zoe ketmadi. So'nggi o'yin oldidan mashg'ulotlarda astoydil ishlagandik. «Qo'qon-1912»ga qarshi kechgan birinchi davradagi o'yinda hisob ochilmagandi. Oxirgi turdagi g'alaba evaziga chempionatni 7-o'rinda yakunladik. Agar Olmaliqdagi uchrashuvda «Neftchi»ni mag'lub etganimizda, mavsumni kuchli beshlikda yakunlagan bo'lardik.

- «Olmaliq» ikkinchi davrani omadsiz o'tkazdi. Bu siz uchun ham kutilmagan holat bo'ldimi?

- Albatta, kutmagandim. O'z uyimizdagi o'yinlarda ko'p ochko yo'qotdik. Ayniqsa, «Neftchi»ga yutqazganimiz hammasidan oshib tushdi. Qolaversa, omadsizlik ham bizga pand berdi.

- Hammasiga omadsizlik sababmikan?

- Unday emas. Murabbiyimiz bergan ko'rsatmalarni ayrim o'yinlarda amalga oshira olmadik. Bu ham asosiy omillardan biri.

- CHempionat yakunlanishiga 4ta tur qolgan bir paytda PFL qabul qilgan qaror tasir qilmadimi?

- Yo'q. Biz so'nggi beshta uchrashuvning uchtasida g'alaba qozonib, birida durang o'ynadik. Aksincha, so'nggi o'yinlardagi muvaffaqiyatli ishtirok sabab turnir jadvalida ko'tarilishga erishdik.

- Oliy ligada 12ta klub qolishiga munosabatingiz qanday?

- Malayziyada ham jamoalar soni 12tani tashkil qiladi. Faqat men to'p surgan chempionatda ikki davrali tizimda o'ynaladi. SHuningdek, yana ikkita kubok musobaqasi ham bor.

Bevosita o'zimizning chempionatga to'xtalsam, quyi o'rinlarni egallab turgan jamoalarga ancha qiyin bo'ladi. Agar yangi tizim o'zbek futboli rivojiga ishlasa, bundan ko'pchilik qatori men ham xursand bo'lardim.

- Quyi divizion hamda yoshlar ligasida futbolchilarning yoshiga chegara qo'yilishi haqida nima deya olasiz?

- Tayinli fikr aytolmayman. Bu yangilik o'zini qanchalik oqlashini vaqt ko'rsatadi.

- Bundan avval Malayziya chempionatida o'ynagandingiz. Vatanga qaytgach, O'zbekiston birinchiligida qandaydir o'zgarish sezdingizmi?

- Yo'q, hammasi o'sha-o'sha! Sezilarli o'zgarishlarni ko'rmadim.

- Sobiq jamoangiz «Lokomotiv» ikki karra mamlakat chempioni bo'ldi. Futbolchilarni tabriklashga ulgurdingizmi? Birinchi navbatda kimga qo'ng'iroq qildingiz?

- To'g'risi, hali hech kim bilan bog'lanmadim. Lekin «Lokomotiv» uchun xursand bo'ldim.

- Kelgusidagi rejalaringiz qanday?

- «Olmaliq» bilan shartnomam 30 dekabr kuni yakunlanadi. Hozir bir narsa deya olmayman. Malayziya klublaridan taklif tushsa, ketishim aniq. Har holda, ancha payt ushbu mamlakat chempionatida o'ynadim. O'zimni u erda legioner futbolchidek his qilmayman.

- Oliy ligamiz jamoalaridan takliflar tushmayaptimi?

- Ikkita aniq taklifim bor. Hozir qaror qabul qilishga shoshilmayman. Mavsum yakunlandi va asosiy etiborimni hordiq chiqarishga qarataman.


Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi  "Interfutbol" gazetasi

Reyting: -19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика