So’nggi yangiliklar

19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  0 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  5 18:22"Удинезе" — "Наполи". Таркиблар маълум  0 18:08Суперлига ўтиш ўйинини ким бошқаради?  4 17:49"Манчестер Сити" ва "Тоттенхэм" ўйинлари учун таркиблар маълум  16 17:33Марко Станоевич Ўзбекистондаги фаолияти, "Насаф"дан кетиши ва унга қарши ўйнаган энг яхши футболчилар ҳақида гапирди   1 16:54"Персеполис" — "Алуминиум Арак". Таркиблар маълум  1 16:15"Насаф": Умар Эшмуродов билан шартнома узайтирилди  0 15:13"Гулистон" 16 декабрдан ўқув-йиғин машғулотларига киришади. Клуб президенти, директори ва бош мураббийи маълум  13 14:31"Тоттенхем" 70 миллионлик форвардни нишонга олди  4 13:57"Реал" янги ҳимоячининг трансфери бўйича келишиб олди  2 13:11"Реал" Камавингага нарх қўйди  7 12:22"Реал" "Манчестер Юнайтед"дан ҳимоячи сотиб олиши мумкин  4 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: “Сити”, “Бавария”, “Реал” ва бошқалар  0 11:34"Реал" Хаби Алонсони бугуноқ истеъфога чиқариши мумкин  29

Luka Toni: “Meni Messi va Ronaldu ortda qoldirdi? Bunda nimadir joyida emas” Yangiliklar

Luka Toni: “Meni Messi va Ronaldu ortda qoldirdi? Bunda nimadir joyida emas”

Italiyalik taniqli hujumchi Luka Toni 38 yoshida ham to'purarlik qobiliyati bilan ko'pchilikni hayratga solmoqda.


“La Gazzetta dello sport” nashriga bergan intervyusida Luka “A” seriyaning yangi mavsumi, debyutantlar, chempionlikka va to'purarlikka davogarlar to'g'risida to'xtalib o'tdi. Aslida Toni 3 yil avval faoliyatini tugatishi mumkin edi, biroq bolgariyalik Dimitar Berbatov “Fiorentina”ga o'tishni rad qilgach, florenciyaliklar “Al Nasr”dan qaytgan Tonini tarkibga qo'shib olishdi. O'shanda u 27 uchrashuvda 8 to'p kiritdi. Keyin “Verona”ga o'tib, 72 bellashuvda 42 gol urishga erishdi. O'tgan mavsum to'purarlardan biriga aylangan Tonining familiyasi bu mavsumda ham ko'p bor yangrashiga ishonish mumkin.

- Luka, yana kuchli markaziy hujumchilar urfga kirmoqda, Italiyaning o'zida ham.

- “A” seriyaga ko'p kuchli futbolchilar ko'chib o'tganidan xursandman. CHempionat saviyasi ortadi. Bu musobaqa avvalgi holatini qaytarib, bu mavsumda tomoshabop bo'lishini bildiradi. Italiyada kuchli markaziy hujumchilarga zaruriyat bor, aldamchi to'qqizlik ko'proq “Barselona”da asqotadi. CHunki ularda Messi kabi ajoyib futbolchi bor.

- Markaziy hujumchining ishi – omadmi yoki cheklanib qolish?

- Bu poziciyada o'ynash katta baxt. 90 daqiqa to'pga tegmasdan keyin gol urib, eng yaxshi o'yinchi bo'lish mumkin. Masalan, darvozabonlarda jiddiy xatodan keyin qayta tiklanish imkoniyati deyarli nolga teng.

- Oxirgi ikki mavsumda 42ta gol urib, istalgan italiyalik futbolchidan 11ta ko'p to'p kiritdingiz. 2015 yil 17ta gol urib, bu borada faqat Messi (28) va Ronaldudan (23) ortda qoldingiz.

- Tan olaman, ajablandim. 38 yoshimda meni faqat ular ortda qoldirgan ekan, demak kimdir jiddiy o'ylanishi lozim. Italiyada xorijliklarga katta etibor qaratilmoqda. Ko'proq mahalliy tarbiyalanuvchilarga ishonch bildirish kerak.

- 38 yoshda “A” seriyaning eng faxriy to'purari bo'ldingiz.

- Bu ajoyib, yangi mavsumda buni qaytarish juda qiyin bo'ladi. Lekin gollarimni hamisha urganman, yangi sinovga tayyorman. Faoliyatimni bir yilda 3ta gol urib, raqobatga tayyor bo'lmasam yakunlayman.

- Yangi mavsumda yangi hujumlar keldi. Masalan, Edin Jeko.

- Yangi kelgan xorijliklar orasida uni birinchi o'ringa qo'yaman: u kamida 20ta gol uradi – jismonan kuchli, baquvvat, tez va sermahsul. Unga “Bavariya”da o'ynagan paytidan etibor qaratganman. O'shandan buyon Jeko bilan yuz bergan vaziyat meni ajablantirmadi. Bu “Roma” uchun ajoyib kelishuvdir.

- “Milan”da Karlos Bakka va Luis Adriano, Yuventus Mario Manjukich o'ynaydi.

- Bakka – juda kuchli hujumchi. Paccini “Milan”dagi sobiq jamoadoshlari bilan gaplashdi va ular Bakkani ajoyib o'yinchi ekanligini aytishdi. Luis Adrianoni yaxshi bilaman, u noodatiy o'ynaydigan hujumchilar toifasiga kiradi. Texnikasi yuqori, lekin jarima maydonida o'ynamaydi. SHunga qaramay, ko'p gol uradi. Manjukichni o'zim uchun CHempionlar ligasining 2013 yilgi finalida kashf qilganman. Markaziy hujumchining bu qadar ko'p yugurganini umuman ko'rmagandim. U darvozaga osonlik bilan yaqinlashgan. Mario “A” seriyada o'ynashga tayyor.

- Yana Ikardi va Iguain ham bor.

- Ikardi kuchliroq bo'lib bormoqda, u gollarga tashna. Unda yuqori darajaga ko'tarilish uchun zarur ishtiyoq mavjud. Bu mavsum unga etib olish qiyin bo'ladi. Evrokuboklarda qatnashmasdan bir maqsadga etibor qaratadi. Iguainni ayni paytda “A” seriyadagi eng kuchli hujumchi deb hisoblayman. O'tgan mavsumda ko'proq gol urishga unga rotaciya xalal berdi. Uni ortda qoldirganimga Benites ham aybdor. Agar Iguain barcha uchrashuvlarda ishtirok etganda, u to'purarlik bahsida osonlik bilan g'olib chiqardi. Mening hujum uchligim Iguain, Jeko, Ikardidan iborat. Biroq ular meni yoddan chiqarmasliklari lozim.

- So'nggi ikki mavsumda “A” seriyada eng ko'p o'ynagan italiyalik bo'ldingiz – 72 uchrashuv. SHundan 70tasi asosiy tarkibda. Faoliyatingizdan bundan kuchliroq o'ynagan damlar bo'lganmi? Agar hozir superklubga o'tsangiz, ko'proq gol ura olasizmi?

- Faoliyatimdagi cho'qqi davr “Fiorentida”da 31ta gol urgan mavsum va “Bavariya”dagi ikki yil bo'lgan. O'shanda himoyachilar ancha keskin o'ynashardi. Lekin hozir grandlar safida o'zimni yaxshiroq ko'rsata olaman deb o'ylamayman, chunki haftasiga 3tadan o'yin o'tkazishga tayyor emasman. “Verona”dagi kabi faqat menga o'ynaydigan jamoa ham bo'lmasdi.

- Barcha bilan birdek mashq qilasizmi yoki engillik berilganmi?

- Hafta boshida bazi mashg'ulotlarni o'tkazib yuboraman. Tiklanish mashqlarini o'z dasturim asosida ado etaman. Jamoa uchun foydali mashg'ulotlarni esa barcha bilan birga o'taman. Jamoada tushunadigan murabbiy borligi yaxshi. Mandorlini aynan shunday inson.

- Veronabir hujumchi bilan o'ynaydi. Jamoada esa Paccini paydo bo'ldi.

- U bilan maydonda va uning tashqarisida yaxshi munosabatdamiz. Biz “Fiorentina”da do'stlashganmiz. Bir paytda maydonga tushsak, u ikki kishi uchun yuguradi. Boshqacha bo'lishi ham mumkin emas. Men “Roma”da, u “Sampdoriya”da bo'lganda bizga skudettoni olishga xalal bergan. Unga buni har doim eslataman.

- CHempionat favoriti kim?

- “Roma” yaxshi kuchaydi, “Inter” yoqadi – mavsumga tayyorgarlik o'yinlari ahamiyatga ega emas. Lekin birinchi “Yuventus” bo'ladi, chunki ularda eng yaxshi himoya bor. Mavsum kashfiyoti “Verona” bo'lishini istardim. “Torino” ham bemalol ajablantirishi mumkin.

- Van Gal nima uchun oradan shuncha yillar o'tgan bo'lishiga qaramay, sizdan ranjigan?

- Bir hafta avval u men va Stoichkovni o'zi haqida salbiy fikr bildiradigan futbolchilar toifasiga kiritdi. “Bavariya”da u bilan munosabatlarimiz yaxshi chiqishmagan, biroq unda hamisha etakchilar bilan muammo bor: Kloze va Riberidan so'rab ko'ring (kuladi).


Behzod Nazarov tayyorladi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика