"Milan" 40 yoshli Modrichga yangi shartnoma taklif qiladi
16 fev 18:57
Yangiliklar
"Milan" 40 yoshli Modrichga yangi shartnoma taklif qiladi
"Milan" yarim himoyachi Luka Modrich bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.
Xorvatiyalik futbolchining 2026 yil yozda tugaydigan shartnomasida yana 1 yilga uzaytirish imkoniyati mavjud.
Klub rahbariyati Modrichning tajribasi va etakchilik sifatlarini yuqori baholamoqda, undan yosh futbolchilarga ustozlik qilish va A Seriya hamda Evropa musobaqalarida muhim o'yinlarda jamoaga yordam berishni kutmoqda. 40 yoshiga qaramay, o'yinchi barqaror o'yin namoyish etishda davom etmoqda va jamoa natijalariga sezilarli tasir ko'rsatmoqda.
"Calciomercato" malumotiga ko'ra, Modrich agar faoliyatini davom ettirishga tayyor bo'lsa, "rossoneri" taklifini ko'rib chiqadi. U joriy mavsum barcha turnirlarda 25 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания кубоги. "Барселона" "Атлетико"ни йирик ҳисобда ютган ўйинда мадридликлар финалга йўл олди
Ҳамдамовга аталган оқшомда "Пахтакор" "Қўқон-1912"ни сафарда қийинчилик билан енгди
"Атлетико"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, кубокдан чиқиб кетган Флик нималар деди?
Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Андижон"ни мағлуб этди
Fikrlar