So’nggi yangiliklar

11:26Мозийга қайтиб... Бир сурат тарихи  0 10:52Энцо Мареска товон пулининг бир қисмидан воз кечди  1 10:23ESPN АПЛнинг ўтган йилдаги энг яхши ўнта ёзги трансферлари рўйхатини эълон қилди  0 09:54"Ал Ҳилол" хусусий клубга айланмоқда  1 09:25Романо "Челси" бош мураббийи лавозимига асосий номзодни эълон қилди  1 08:57"Бухоро" икки нафар тажрибали футболчилар билан шартнома имзолаши мумкин  6 08:28Сергеев учун яна бир даъвогар пайдо бўлди  6 08:00"Динамо" легионери "Бунёдкор" ёки "Андижон"га ўтиши мумкин  1 07:30Хато тан олинди: "Арсенал" дарвозасига пенальти белгиланиши керак бўлган  4 02:58АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади  14 01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  2 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  15 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  7 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  6 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0

Luisma Ernandes: "O'zbek futboliga Ispaniya metodologiyasini olib kirmoqchimiz" Yangiliklar

Luisma Ernandes: "O'zbek futboliga Ispaniya metodologiyasini olib kirmoqchimiz"

Superliganing 7-turidan o'rin olgan "Metallurg" – "Qizilqum" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Luisma Ernandes fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin haqida

- Ehtiroslarga boy o'yin bo'ldi. Birinchi taymda vaziyatlar hosil qilib, 1 ta gol urib oldik. Ikkinchi taymda ko'proq himoyaga va qarshi hujumga tayanib o'ynadik. "Qizilqum"da 2 ta imkoniyat bo'ldi, shulardan 1 tasidan foydalandi va darvozamizga to'p kiritdi.

- "Metallurg" 2019 yildan buyon "Qizilqum"ni mag'lub eta olmaydi. Bugun tayyor g'alaba qo'ldan chiqarildi...

- Bizga ikkinchi gol etishmadi.

- "Metallurg" har doim ikkinchi raqamli jamoa sifatida harakatlanmoqda. Standartlar ustida alohida ishlanar ekan, ammo qarshi hujumlar maqtanarli emas. Bu borada ish olib boriladimi o'zi?

- Albatta, mashg'ulotlar jarayonida himoya va hujumda taktik ishlanmalarni yo'lga qo'yish ustida ish olib boramiz. Qarshi hujumlar bo'yicha ham ishlaymiz, ammo futbolchilarning ijodkorligi va to'g'ri qaror qabul qilishida ham gap katta. 

- "Metallurg" futbolchilarining jismoniy holatidan qoniqyapsizmi?    

- O'zbek futboliga Ispaniya metodologoyasini olib kirmoqchimiz. Hozirgi kunda mashg'ulotlarda qattiq mehnat qilyapmiz. Yuklamalardagi muammo jismoniy tarafdan emas, issiq ob-havo tufayli ro'y bermoqda. 

- Asosiy himoyachi Abbos Otaxonov nega maydonga tushirilmadi?

- U mashg'ulotlar davomida kichik jarohat olgan. SHu bois tavakkal qilmadik va uni keyingi bahslarga saqlab qo'ydik.

- Oxirgi o'zgarishdan (90+6-daqiqada Farrux Ibrohimov o'rniga Hakimxon Alamxonov tushirildi – tahr.) nima maqsad ko'zlangandi? CHunki o'yin tugash arafasida futbolchi burchak zarbasiga yordamga borishi qiyin edi...

- Sababi Ibrohimov oxirgi daqiqalarda o'zini yomon his qildi, uni almashtirmasak bo'lmasdi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика