So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  6 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Luisma Ernandes: "Maydon televidenie, muxlislar va futbolchilar uchun juda yaxshi holatda" Yangiliklar

Luisma Ernandes: "Maydon televidenie, muxlislar va futbolchilar uchun juda yaxshi holatda"

O'zbekiston kubogi 2-turidan o'rin olgan "Buxoro" – "Metallurg" (1:1) bahsidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Luisma Ernandes matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- O'yin haqida

- Umuman olganda, shiddatli o'yin bo'ldi. Birinchi navbatda, o'yin issiq ob-havoda, bunday vaqtda o'tgani har ikki jamoaga noqulaylik tug'dirdi. Teng kurashlarga boy o'yin ko'rdik.

- Hakamlarning qaroridan ko'p marta norozi bo'ldingiz. Ular qo'shib bergan vaqt va umumiy hakamlik xususida nima deya olasiz?

- Hakamlik bo'yicha fikrim u qadar yomon emas. Lekin oxirida juda kam vaqt qo'shib berildi, chunki o'zgarishlar ko'p bo'lgandi. Hakamlarning chiqargan qarori shu ekan, buni hurmat qilamiz. 

- Bu o'yinda ochko olindimi yoki yo'qotildimi?

- Endi etiborimizni keyingi o'yinlarga qaratamiz. Hammasi navbatdagi o'yinlarga bog'liq. O'sha o'yinlarda yaxshi natijalarga erishishimiz kerak. Jarohatdan tiklanib, maydonga qaytgan futbolchilar uchun ham qulay bahs bo'ldi. CHunki, ular anchadan buyon maydonga tushishmagandi, bu keyingi uchrashuvlarda bizga qo'l keladi.

- Bugun Superliga va Pro liga jamoasi o'zaro bahs olib bordi. Ligalar o'rtasida farq sezildimi?

- Ikki jamoa ham bir xil o'yin ko'rsatdi. Bugungi o'yindan kelib chiqsak, ligalar o'rtasidagi farq ko'zga tashlanmadi.

- Jasur Xolto'raev yomon o'ynamadi va penalti ishladi. Uning almashtirilishi nima bilan bog'liq?

- Jasur Xolto'raev jarohat olgan futbolchilarimizdan biri edi, uning jismoniy holatidan kelib chiqib, uni almashtirishga qaror qildik.

- Maydonning holati xususida nima deysiz?

- Maydon televidenie, muxlislar va futbolchilar uchun juda yaxshi holatda. Faqat suv sepilmaganini aytib o'tishim joiz. Umuman, maydon futbol o'ynash va musobaqalar o'tkazish uchun yaxshi holatda ekan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика