Luisma Ernandes : "Bugun VAR yo'qligi pand berdi"
16 mar 2022 21:05
Yangiliklar
Luisma Ernandes : "Bugun VAR yo'qligi pand berdi"
- O'yin haqida
- Tinmay yog'ayotgan yomg'irdan kelib chiqsak, qiyin bo'ldi. Bundan tashqari, kuchli shamol ham qiyinchilik tug'dirdi. Umuman olganda, ikki jamoa ham yaxshi o'yin ko'rsatdi deb o'ylayman.
- Ofsayd tufayli inobatga olinmagan gol haqida qanday fikrdasiz?
- Gol urgan futbolchi bilan gaplashganimda u ofsaydda bo'lmaganini takidladi. Bugun VAR yo'qligi pand berdi. Agar tizim bo'lganida barchasiga oydinlik kiritilgan bo'lardi. Menimcha, o'yindan tashqari holat yo'q edi.

- SHohnazar Norbekovning o'yindan oldin chigil yozdi mashg'ulotlar paytida jarohat olishi oldindan o'ylangan rejalaringizni o'zgartirib yubordimi?
- Bu – futbol. Bunaqasi bo'lib turadi. Albatta, uning jarohati rejalaramiz o'zgarishiga olib keldi. Uning o'rniga maydonga tushgan futbolchi chigil yozdi mashqlarda ishtirok etmagani chakki bo'ldi.
- "Metallurg" jamoaga legionerlarni jalb qilmadi. Bu borada nima deya olasiz?
- O'tgan yilgi mavsum yakunida ushbu mavsum uchun rejalar tuzilayotganda asosan, mahalliy futbolchilar bilan to'p tepish vazifasi qo'yilgandi. Bu menga ham maqul yo'l bo'ldi. Klub reja asosida faoliyat olib bormoqda.
- Asosiy jamoaga futbolchilarni jalb qilish maqsadida U-21 jamoasi o'yinlarini kuzatib boryapsizmi?
- Albatta, nafaqat U-21 jamoasi, balki U-19 uchrashuvlarini ham kuzatib boryapman. Vagin va Nematjonov kabi futbolchilarimiz ularning tarkibida maydonga tushishyapti. O'ylaymanki, ular – "Metallurg" kelajagi. Hozirgi kunda klubimiz nafaqat asosiy jamoa, balki "Metallurg" qoshida ochilgan akademiya bilan doimiy tarzda bahamjihat ish olib bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Fikrlar