Luis Enrike "Liverpul"ga imkoniyatni boy berganidan keyin: "Shu o'yinni takrorlasak, keyingi bosqichga chiqamiz"
06 mar 14:58
Yangiliklar
Luis Enrike "Liverpul"ga imkoniyatni boy berganidan keyin: "Shu o'yinni takrorlasak, keyingi bosqichga chiqamiz"
Luis Enrike PSJning 1/4 finalga chiqish imkoniyatlariga baho berdi.
"Biz ko'prog'iga loyiq edik. Bugungi bellashuv kichik detallar yoki statistik ko'rsatkichlarga bog'liq emasdi. Biz "Liverpul"ga o'yin bermadik va deyarli barcha jabhada ustunlik qildik. Raqib dastlabki besh daqiqa bizdan yaxshiroq ko'rindi, qolgan daqiqalarda biz ustunlik qildik.
Shubhasiz, PSJ keyingi bosqichga chiqa oladi. Biz endi birinchi o'yinni o'tkazdik. Yo'qotadigan narsamiz yo'q. Bugungi o'yinni takrorlay olsak, keyingi bosqichga chiqamiz.
Albatta, bizga oson emas, lekin biz Angliyaga yo'l olamiz va bugungidek o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz. Avval ham shu kabi vaziyatda safarda kambek qila olganmiz. Javob bahsida ham ishonchli o'yin ko'rsatib, keyingi bosqichga chiqishga loyiq jamoaligimizni isbotlaymiz", – dedi PSJ ustozi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar