Luis Enrike: “Ispaniya terma jamoasining asosini “Real” o'yinchilari tashkil etmoqda, bu esa menga yoqyapti”
12 sen 2018 08:30
Yangiliklar
Luis Enrike: “Ispaniya terma jamoasining asosini “Real” o'yinchilari tashkil etmoqda, bu esa menga yoqyapti”
“Terma jamoani klublar bilan tenglashtirishning foydasi yo'q. Bizda o'zimizning g'oyalarimiz bor, ular bugun ajoyib ishladi. Biz bugun etarlicha samarali harakat qildik va o'ta chiroyli gollar urdik. Oldingidek yana yaxshi jamoa bo'lishni xohlaymiz. Mazkur 10 kun ichida menga o'yinchilarning ishga yondashuvi maqul keldi. Ammo hali ko'p narsa ustida ishlashimiz kerak. Hammasi bir kunda o'zgarib ketishi mumkin. O'yinda muvozanatni hosil qilmoqchiman. Tarkibda «Real»ning olti nafar vakili bor ekanligini bilmagandim, bu meni xavotirga solmayapti. Hamma o'yinchilar Ispaniya terma jamoasi uchun o'ynayapti, bori shu. Ular bu erda terma uchun maydonga tushadi, klub uchun emas. Ammo jamoa asosini «Real» o'yinchilari tashkil etmoqda, bu asos esa menga yoqyapti”,—deydi Enrike.
Fikrlar