Lui van Gal saraton kasalligini engganini elon qildi
12 iyu 07:32
Yangiliklar
Lui van Gal saraton kasalligini engganini elon qildi
Niderlandiyalik mutaxassis Lui van Gal xavfli o'simtaga qarshi kurashgani haqida gapirdi.
Bir necha yil oldin van Gal agressiv prostata saratoni bilan og'riganligi malum bo'ldi.
“Saraton endi meni bezovta qilmayapti. Ikki yil avval bir necha marta operaciya stoliga yotdim. Avvaliga hammasi yomon edi. Lekin oxir-oqibat hammasi joyiga tushdi, men saratonni engdim. Bir necha oyda yana tekshiruvdan o'taman, hammasi yaxshi ketmoqda. Men tuzalyapman“, — dedi 73 yoshli mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, 73 yoshli van Gal murabbiylik faoliyatida “Manchester Yunayted“, “Ayaks“, “AZ Alkmaar“, “Barselona“, “Bavariya“ va Niderlandiya terma jamoasini boshqargan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar