So’nggi yangiliklar

21:00Al Ain Cup. Ўзбекистон - Эрон (матнли трансляция)  31 20:59Криштиану Роналду Дональд Трамп билан учрашади  0 20:33Асилбек Алиев Осиё кубогига борса, бир нечта ўйинни ўтказиб юборади  16 19:25U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади  392 19:13Рейндерс: "Мен ЖЧ-2022ни диванда томоша қилганман. Бу сафар бутунлай бошқача бўлиши аниқ"  0 18:48Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Хитой билан муроса кўчасини танлади  7 18:20U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон 1/4 финалга чиқса, тўпурарларимиздан бири майдонга туша олмайди  8 18:04Расмий хабар: "Андижон" Максим Шацких билан хайрлашди  35 17:33Трамп: "ЖЧ-2026 мисли кўрилмаган даражада муваффақиятли ўтиши учун барча нарсани ишга солиш ҳақида кўрсатма бердим"  1 16:55Украиналик сўконғич мураббий қирғиз клубидан бўшатилди  5 16:07АПЛ клуби Левандовскига шартнома таклиф қилди  7 15:38"Бавария" футболчиси жароҳатдан фориғ бўлди  2 15:11"Манчестер Юнайтед" ҳужумчиси 1 ойни майдон ташқарисида ўтказади  1 14:39"Насаф" "Динамо" етакчисига даъвогарлик қилмоқда  18 14:17"Динамо" назорат ўйинида 7:0 ҳисобида ютди  1

"Los Anjeles Gelaksi" Roysni qo'lga kiritish uchun unga aloqador bo'lmagan MLS jamoasiga pul to'lashi kerak Yangiliklar

"Los Anjeles Gelaksi" Roysni qo'lga kiritish uchun unga aloqador bo'lmagan MLS jamoasiga pul to'lashi kerak

AQSHning "Los Anjeles Gelaksi" klubi "Borussiya Dortmund"dan tekinga qo'lga kiritayotgan Marko Roys uchun boshqa jamoa hisobiga pul o'tkazishi kerak.

Roysning "Borussiya" bilan shartnomasi 30 iyun kuni tugaydi va u 12 yillik faoliyatidan so'ng Bundesligani tark etadi.

Ro'yxatda Saudiya Arabistoni va "Manchester Yunayted"dan takliflar bo'lgan bo'lsa-da, 35 yoshli futbolchining keyingi manzili MLS bo'lishi kutilmoqda, unga ko'plab klublar qiziqish bildirmoqda.

Jurnalist Sezar Luis Merloning so'zlariga ko'ra, Roys "Los Anjeles Gelaksi" bilan bir yilga uzaytirish varianti asnosida 2025 yilgacha shartnoma imzolaydi.

"Gelaksi" yarim himoyachini erkin agent sifatida o'z qo'shib olayotgan bo'lishiga qaramay, ligada ishtirok etuvchi "SHarlotta" klubiga pul to'lashi kerak bo'ladi.

The Athletic nashri xabariga ko'ra, "SHarlotta" "kashfiyotlik huquqi"ni qo'lga kiritganidan so'ng Roys bilan muzokaralarga kirishgan.

Ligadagi har bir jamoa o'z kashfiyoti ro'yxatida ko'pi bilan etti nafar futbolchiga ega bo'lishi mumkin.

Bu shuni anglatadiki, jamoalar o'zlarining yangi transferini "kashf qilgan" klubga, shu jumladan, Roysga pul to'lashlari kerak.

Garchi Roysning bu jamoaga hech qanday aloqasi bo'lmasa-da, "SHarlotta" ligadagi qoida tufayli 350 000 dollarni qo'lga kiritadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика