Loran Blan: "Bugun PSJ chiroyli o'yin ko'rsatmadi"
13 mar 2014 11:14
Yangiliklar

Loran Blan: "Bugun PSJ chiroyli o'yin ko'rsatmadi"
PSJ bosh murabbiyi Loran Blan "Bayer" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (2:1) o'z fikrlarini bildirdi.
"Birinchi bo'limni yomon boshladik. Men hujum qilish va o'yin nazoratini ushlab turish kerakligini aytgandim. Ammo biz sust o'ynadik, "Bayer"ga katta imkoniyat berdik va ular gol urishdi.
Futbolchilarim biroz sergak tortishdi va hisobni tenglashtirdik. Salvatore Sirigu penaltini qaytgargani juda qo'l keldi.
PSJ chiroyli futbol namoyish etmadi. Birinchi o'yindagi yirik g'alabadan so'ng o'yinchilarni ruhlantirish qiyin bo'ldi. Biroq shunga qaramay g'alaba qozona oldik", - deydi Blan UEFA rasmiy saytiga.

Fikrlar