"Lokomotiv"ning ikkinchi xorij yig'ini Turkiyada o'tadi
26 jan 2018 10:45
Yangiliklar
"Lokomotiv"ning ikkinchi xorij yig'ini Turkiyada o'tadi
Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi ikkinchi xorij yig'inini Turkiyada tashkil etadi.
"Temiryo'lchilar" jamoasi 26 yanvar - 5 fevral oralig'ida Turkiyaning Belek shahrida o'quv-yig'in mashg'ulotlari olib boradi. Mazkur yig'in mobaynida jamoa 3ta nazorat bellashuvida maydonga tushishi ko'zda tutilgan. Dastlab 29 yanvar kuni Bolgariyaning "CHerno more" jamoasi ilk sparring raqibga aylanadi. 1 fevralda esa "Lokomotiv" Armanistonning "Alashkert" jamoasi bilan bahs yuritadi. Belek yig'ini doirasidagi so'nggi nazorat o'yinida esa Rossiyaning "CSKA Moskva" klubi yoshlar tarkibi raqib bo'ladi.
5 fevral sanasida "Lokomotiv" Toshkentga qaytib keladi va Osiyo CHempionlar Ligasi 1-turi doirasidagi BAAning "Al Vahda" jamoasiga qarshi kechadigan o'yinga hozirlik olib boradi.
Fikrlar