So’nggi yangiliklar

01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  2 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  0 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  1 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  3 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  12 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  1 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  29 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  21 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2

Lokomotivning ikki futbolchisi Angliyaga yo'l oladi Yangiliklar

Lokomotivning ikki futbolchisi Angliyaga yo'l oladi

Xabaringiz bor, “Lokomotiv” professional futbol klubi yaqinda Angliya birinchi divizion vakili “Flitvud Taun” jamoasi bilan o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'ydi.
Ushbu hamkorlikni imzolash maqsadida “Flitvud Taun” Bosh direktori Stiv Kurvud hamda jamoaning sport direktori Greytar Steynson Toshkentda bo'lib qaytishdi.

Mehmonlar 1 iyul kuni o'tkazilgan “Lokomotiv” - “Navbahor” bahsini kuzatishdi. SHuningdek, ertasi kuni ular uchun “Lokomotiv” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari hamda birinchi liga jamoasi “Lokomotiv-BFK” o'rtasida nazorat uchrashuvi tashkil qilindi. Har bir taymi 30 daqiqadan davom etgan bu o'yinda 2:2 hisobi qayd etildi. Uchrashuv davomida angliyalik mehmonlarga “Lokomotiv” tarbiyalanuvchilaridan ikki nafarining o'yini maqul keldi. Bular - darvozabon Rustam Nortojiev bilan himoyachi Sergey Proxorov.



Rustam Nortojiev

Malumot uchun har ikkala futbolchimiz ham 1996 yilda tug'ilgan bo'lib, o'zlari ishtirok etgan o'yinlarda ijobiy taassurot qoldirib kelishdi. Endilikda ushbu o'yinchilarimiz uchun yangi bosqich boshlanadi. SHu yilning avgust oyida Rustam Nortojiev bilan Sergey Proxorov Angliyaga yo'l oladi va “Flitvud Taun” safiga borib qo'shilishadi. Futbolchilarimiz u erda avgust oyining o'zidayoq “Flitvud Taun” klub tarkibida “Manchester Yunayted”, “Liverpul”, “Everton” singari mashhur klublar o'rinbosarlariga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushishadi. Har ikkala futbolchimiz kamida olti oyni Angliyada o'tkazib, o'z mahoratlarini oshirishadi.



Sergey Proxorov chapda

Hozirdanoq viza va boshqa shunga o'xshash hujjat bilan bog'liq ishlarni hal qilish boshlab yuborilgan. Nasib qilsa, Rustam Nortojiev bilan Sergey Proxorov avgustda “Tumanli Albion”ga jo'nab ketishadi.

“Lokomotiv” PFK matbuot xizmati.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика