“Lokomotiv”ning ikki futbolchisi Angliya klubi safida debyut qildi
12 noy 2015 16:16
Yangiliklar
“Lokomotiv”ning ikki futbolchisi Angliya klubi safida debyut qildi
Angliyaning birinchi divizion vakili “Flitvud Taun” safida o'z mahoratini oshirayotgan “Lokomotiv”ning ikki nafar tarbiyalanuvchisi – Rustam Nartajiev va Sergey Proxorov ushbu jamoa safida o'z debyutlarini nishonlashdi.
Darvozabon va himoyachi “Karlayl Yunayted” bilan kechgan bellashuvning ikkinchi bo'limida maydonga tushishdi. Bu o'yin o'rtoqlik maqomiga ega bo'lib, bunda “Flitvud Taun” futbolchilari 1:2 hisobida yutqazib qo'yishdi. Ikki nafar hamyurtimiz esa ikkinchi bo'limda maydonga tushdi.
O'yindan so'ng darvozabon Rustam Nartajiev o'z fikrlarini bildirib o'tdi: “Men yangi jamoam safida ilk bor maydonga tushganimdan xursandman. Bu men uchun birinchi uchrashuv bo'ldi va yutqazgan bo'lishimizga qaramay, o'yindan rohat oldim. O'zbekistonda futbol birmuncha sekin, ammo Angliyada ancha tez o'ynalarkan. Angliyada shug'ullanib Proxorov ikkalamiz ancha mahoratni oshirib boryapmiz. Bu kelajakda asqotadi deb umid qilaman”.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди
АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди
Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!
Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Fikrlar