So’nggi yangiliklar

09:00Саудия чемпионати. "Ал Наср" - "Ал Оруба" 3:0, Манеда дубл Роналдуда 1+1  0 08:56Суперлига. Бугун "Пахтакор" "Динамо"ни меҳмон қилади  0 08:13"Реал Мадрид" етакчиларидан бири учун мавсум якунланди  2 07:42Футзал. Бугун финал!  1 02:00Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"га имконият қолдирмади  17 01:42А Серия. "Интер" — "Торино" ўйинида 5та гол урилди  2 01:29БАА чемпионати. "Ал Батаеҳ" меҳмонда йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Ғаниев 62 дақиқа ўйнади  0 00:10Эрон чемпионати. "Истиқлол" меҳмонда ғалаба қозонди, Машариповдан ассист  0 23:27Сергей Лушчан: "Ўйин натижаси осмонларда ҳал бўлиб бўлгандек. Биз намойиш этган ўйиндан 99% кўнглим тўлди"  27 22:57Эрон чемпионати. "Персеполис" 90+5 дақиқадаги гол эвазига ғалабага эришди, Ўрунов баҳсдан олдинги чигалёзди машғулотида жароҳат олди  3 22:55Александр Хомяков: "Ўзбекистонда 15 йилдан буён бекорга ишламаётганимни исботладим"  15 22:32РПЛ. "Рубин" ўз уйида "Ахмат"дан устун келди, Раҳмоналиев захирадан майдонга тушди, Ашурматов эса...  0 22:24Грилиш "Манчестер Сити"даги келажаги борасида қарор қабул қилди  3 21:34Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" 90+4 дақиқадаги гол сабаб мағлубиятга учради, Турғунбоев захирадан майдонга тушди  0 21:10АПЛ. "Арсенал" ва "Ман Сити"дан ғалаба, "Брентфорд" – "Вулверхэмптон" ўйинида 8та гол урилди  4

"Lokomotiv"ning Dohaga ikkinchi tashrifi Yangiliklar

"Lokomotiv"ning Dohaga ikkinchi tashrifi

Kecha "Nasaf" Qarshida ajoyib o'yin ko'rsatgan holda muhim g'alabani qo'lga kiritdi. OCHL 3-tur uchrashuvida "Nasaf" o'z maydonida Qatarning "Al Sadd" klubi 1:0 hisobida mag'lub etdi.

O'yin juda qiziqarli kechdi. Stadion muxlislar bilan to'lib toshdi. Aytish mumkinki, "Nasaf" evropacha futbol namoyish etib berdi. Raqibga qaraganda bo'yi past bolalar qatarliklarni ayniqsa ikkinchi taymda dovdiratib qo'yishdi. Yagona gol penaltidan kiritildi. Qizig'i shundaki, "Nasaf" o'z maydonidagi ikkita uchrashuvni ham 1:0 hisobidagi g'alaba bilan yakunladi. Va ikkala gol ham standart vaziyatdan kiritildi.

Bugun esa "Lokomotiv" kurashni davom ettiradi. "Temiryo'lchilar" Dohada "Al Duhayl" mehmoni bo'lishadi. "Al Duhayl" bu siz-u bizga yaxshi tanish bo'lgan "Lahviya" bilan "Qatar SK"ning jamlanmasidir. "Al Duhayl" OCHL dastlabki ikki turida g'alabaga erishdi. Jamoa hisobida olti ochko bor. "Lokomotiv" esa bitta g'alaba bilan uchinchi o'rinni egallab turibdi. "Al Duhayl" ichki chempionatda ham peshqadamlik qilishda davom etmoqda.

Bu jamoa 51 ochko bilan birinchi o'rinda boryapti. Ikkinchi o'rindagi "Al Sadd" hisobida 46 ochko mavjud. "Al Duhayl" o'tgan turni aynan "Al Sadd"ga qarshi o'tkazib, 4:3 hisobida g'alabaga erishdi. "Lokomotiv" esa Navoiyda "Qizilqum"ni 3:0 hisobida dog'da qoldirib qaytdi. O'z tarixida ketma-ket to'rtinchi bor OCHL guruh bosqichida ishtirok etayotgan "Lokomotiv" bugun ikkinchi marta Dohada o'yin o'tkazadi.

Birinchisi 2015 yil "Al Sadd"ga qarshi kechgandi. Endi esa jamoa "Al Duhayl" mehmoni bo'ladi. Albatta, "Al Sadd" bilan Dohadagi o'yindan iliq xotiralar qolmagan, chunki jamoa 2:6 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Ammo Toshkentdagi javob bahsida "Lokomotiv" bu raqibini 5:0 hisobida "parchalab" tashlagani hamon yodimizda.

Kecha "Nasaf" bir chiroyli g'alabaga erishib dillarni xushnud qildi. Bugun esa "Lokomotiv"dan ham ijobiy natija kutib qolamiz. "Nasaf" Qatar klubini mag'lub etdimi, demak "Loko" ham bu mamlakat jamoasini enga oladi. Sardor Rashidov aytib o'tganidek, arablarda pul kuchli, o'yin tomonlama esa biznikilar kuchli. Demak, buni amalda isbotlash kerak. "Al Duhayl" - kuchli raqib, lekin bu jamoani hurmat qilgan holda ayta olamizki, "Lokomotiv" astoydil o'ynasa bemalol Dohadan yutuq bilan qaytib kelishni uddalaydi. Faqat "Zobahan" bilan o'yin scenariysi takrorlanmasa bo'lgani.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика